Metallurgiya


Avtogen jarayonlar haqida ma’lumot


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

Avtogen jarayonlar haqida ma’lumot 
Avtogen jarayonlar deb, metallurgiya sanoatida shunday texnologik 
jarayonlarga aytiladiki, ular tashqaridan issiqlik manbai sarfisiz, ichki energetik 
zahiralar hisobidan boradi. Sulfidli xom ashyoni qayta ishlaganda pirometallurgik 
jarayonning avtogen borishi, qayta ishlanayotgan shixta sulfidlarining yonish 
ekzotermik reaksiyalari va shlak hosil bo‘lish reaksiyalari isssiqligi hisobiga 
amalga oshadi. Oksidlovchi reagent sifatida havo, kislorodga boyitilgan havo yoki 
texnologik kislorod ishlatilishi mumkin.
Hozirgi vaqtga kelib, to‘g‘ridan–to‘g‘ri xomaki mis olishga mo‘ljallangan 
turli variantlar tavsiya etilmoqda, lekin faqat uchta jarayon: «Noranda», 
«Misubisi», suyuq vannada eritish sanoatda o‘z o‘rnini topdi.
Quruq mis boyitmalarini «Noranda» usuli bilan uzluksiz eritish uzunligi 21,3 
m, diametri 5,2 m gorizontal silindrik aylanma uskunalarda amalga oshiriladi. 37 
% gacha kislorodga boyitilgan havo shixta yuklash uchastkasida joylashtirilgan 
furmalar orqali kiritiladi. Eritish natijasida 70-75 % Cu li shteyn olinadi. 
«Misubisi» jarayoni to‘g‘ridan – to‘g‘ri qoramtir mis olishga mo‘ljallangan 
uzluksiz avtogen eritish hisoblanadi. Texnologiyaning hamma asosiy bosqichlari – 
eritish, konverterlash, shlaklarni kambag‘allashtirish alohida ovalsimon uchta 
stasionar pechda olib boriladi. Oraliq mahsulotlar uzluksiz ravishda bir pechdan 
boshqasiga oqib o‘tadi (1-rasm). 



1-rasm. «Mitsubisi» jarayonining umumiy ko‘rinishi: 
1-eritish pechi; 2-shlakni birlashtirish pechi; 3-konvertorlash pechi; 4-mikser; 5-
flyus, havo, kislorod, sovutuvchi suyuqlik; 6-chiqindi gazlar; 7-konvertor shlaki; 8-
shteyn; 9-shteyn va shlak; 10-birlashtirilgandan sungi shlak; 11-shixta, flyus, 
havo, kislorod; 12-xomaki mis.
Vanyukov eritish jarayoni – mis, mis – nikel, mis – rux va boshqa og‘ir rangli 
metall boyitmalarini qayta ishlash uchun ishlatiladi. Vanyukov jarayonini sanoatda 
qo‘llash uchun shaxta ko‘rishidagi pechlardan foydalanish tavsiya etilgan. 
Vanyukov pechlarining optimal uzunligi agregatning kerakli quvvat birligiga
bog‘liq bo‘lib, 10 m dan 30 m va undan uzun bo‘lishi mumkin. 
Pechlarning eni havo purkash mashinalari imkoniyati va eritish natijasida 
olinayotgan eritmalarning xossasiga bog‘liq bo‘lib, 2,5 – 3 m ni tashkil etadi; 
umumiy balandligi 6 – 6,5 m bo‘ladi. Vanyukov pechining alohida xususiyati 
purkash furmalarining pechning pastki qismiga nisbatan (1,5 – 2 m dan) yuqorida
joylashganidir. Vanyukov eritish jarayonining xarakterli xususiyati, avval 
ko‘rilgan jarayonlardan tamomila farqi shundaki, shixtani erishi va sulfidlarni 
oksidlanishi shteynli eritmada emas, shlakli eritmada boradi, eritish mahsulotlari 
pechda boshqa ma’lum eritish usullari singari gorizontal yo‘nalishda emas, vertikal 
– tepadan pastga qarab harakatlanadi10.2-rasm).

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling