Metallurgiya
Gidrоmеtаllurgiya mаhsulоtlаri
Download 2.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Gidrоmеtаllurgiya mаhsulоtlаri. Gidrоmеtаllurgik jаrаyonlаrning аsоsiy
mаhsulоti eritmа vа kеk hisоblаnаdi. Eritmаlаr dеb, tаrkibi erigаn modda va erituvchidan tashkil topgan bir jinsli sistemaga аytilаdi. Eritmаlаrning аsоsiy хususiyali ulаrning kоnsеntrаtsiyasi hisоblаnаdi. Kеk kukunsimоn qаttiq mаhsulоt hisоblаnаdi. Hоsil bo‘lish tаbiаtigа ko‘rа sаnоаt kеklаri ikki хil bo‘lаdi: 1) eritilаyotgаn хоmаshyoning erimаy qоlgаn qismi; 116 2) erigаn mаhsulоtlаrni erkin holdа yoki erimаydigаn kimyoviy birikmаlаr ko‘rinishidа sеmеntаtsiya, kimyoviy cho‘ktirish (cho‘kmа) mаhsulоtlаri. Nazorat savollari: 1. Diffuziya deganda nimani tushunasiz? 2. Gazsimon moddalarda qanday diffuzion harakatlanish kuzatiladi? 3. Qattiq moddalarda qanday diffuzion harakatlanish kuzatiladi? 5.3. METALLURGIK YOQILG‘ILAR VA ULARNING XILLARI Yoqilg‘ilar haqida qisqacha ma’lumot. Metallurgik pechlarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlashda asosiy manba yoqilg‘i hisoblanadi. Yoqilg‘i deb shunday moddaga aytiladiki, uni kislorodli muhitda qizdirilganda shiddat bilan oksidlanib (yonib) ma’lum miqdorda issiqlik chiqaradi. Bunday moddalarga elementar oltingugurt, sulfidli minerallarning oksidlanishi va uglerodi yuqori bo‘lgan birikmalar kiradi. Sanoatda uglerodli yoqilg‘ilar keng qo‘llaniladi, ular tabiiy va sun’iy bo‘lib, qattiq, suyuq va gaz holida mavjuddir. Ular jumlasiga ko‘mir, neft va tabiiy gaz kiradi. Tabiiy yoqilg‘ilar har doim ham metallurgik jarayonlar talablariga javob beravermaydi. Yoqilg‘ilarning sifatini yaxshilash maqsadida ularga maxsus ishlov beriladi. Ishlov berish jarayonlariga qattiq yoqilg‘ini boyitish, qattiq yoqilg‘ini gaz holidagi yoqilg‘iga keltirish, ko‘mirlarni kokslash, ko‘mir changlardan briketlar tayyorlash, neftni qayta ishlash, tabiiy gazni konversiyalash va boshqalar kiradi. Yoqilg‘ini xossalariga: kimyoviy tarkibi, qizdirishga munosabati, issiqlik darajasi va yoqilg‘i yonishining kalorimetrik harorati kabilar kiradi. Yoqilg‘ining kimyoviy tarkibini uglerod, vodorod, azot, kislorod va oltingugurtdan tashqari suv W va yonish natijasida hosil bo‘ladigan kul A, ya’ni turli mineral birikmalar tashkil yetadi. Yoqilg‘ini asosini uglerod tashkil etib, uning yonishi natijasida issiqlik ajraladi. 117 Yoqilg‘ida uglerod organik birikmalar holida bo‘lib, uning miqdori 85 - 90 % gacha etadi. Kislorod bilan bog‘lanmagan ma’lum miqdordagi vodorod yonganida ham ma’lum miqdorda issiqlik ajraladi. Azot, kislorod bilan bog‘langan vodorod yoqilg‘i uchun unsur birikmalar bo‘lib, yoqilg‘ining energetik tasnifiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yoqilg‘ida oltingugurt uch xil birikma, ya’ni organik S or , sulfidni (oltingugurt kolchedani) S k va sulfat S st holida bo‘ladi. Organik va sulfidli oltingugurt yonganda ma’lum miqdorda issiqlik ajraladi, shunga qaramay ularning yoqilg‘i tarkibida oz miqdorda bo‘lishi maqsadga muvofiq. Sababi ularning yonishi natijasida atmosfera havosini zaharlovchi SO 2 gazi hosil bo‘ladi. Yoqilg‘ining tarkibidagi namlik uning sifatini pasaytiradi. Yoqilg‘i tarkibidagi namlik tashqi va ichki (yoki mikroskopik) namliklarga ajratiladi. Ularning birinchisini yoqilg‘ini - 40°C haroratda quritish bilan va ikkinchisini esa yoqilg‘ini 100°C haroratgacha qizdirish usuli bilan yo‘qotish mumkin. Qattiq yoqilg‘ilarning yonishi natijasida ma’lum miqdorda yonmaydigan chiqindilar ajraladi - u kul deb yuritiladi. Bu chiqindining tarkibini asosan metallar oksidlari, kremniy, alyuminiy, magniy, kaltsiy va boshqa elementlar tashkil etib, ular yoqilg‘ining sifatini pasaytiradi. Download 2.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling