Metallurgiya
Gaz holidagi yoqilg‘ilar
Download 2.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)
5.3.3. Gaz holidagi yoqilg‘ilar.
Zamonaviy metallurgik pechlarning asosiy yoqilg‘ilaridan biri - gaz holidagi yoqilg‘ilar hisoblanadi. Ular o‘z navbatida tabiiy va sun’iy bo‘lib, birinchisiga Er ostidan olinayotgan tabiiy gaz, ikkinchisiga esa qattiq va suyuq yoqilg‘ilarni qayta ishlash natijasida olingan gazlar kiradi. 122 Gaz holidagi yoqilg‘ilarning boshqa turdagi yoqilg‘ilardan bir qator afzalliklari mavjud, ularga: 1. issiqlikni energiyasining yuqoriligi Q > 3000 kkal/m; 2. tarkibida chiqindi mineral va changlarni kamligi; 3. ularni yondirishda jarayon haroratini boshqarish mumkinligi; 4. uzoq masofalarga quvurlar yordamida uzatish mumkinligi; 5. past sifatli qattiq yoqilg‘ilarni qayta ishlab olish mumkinligi va h.k. Gaz holidagi yoqilg‘ilar metallurgiyada nafaqat yoqilg‘i sifatida balki metall ajratib olish jarayonida qaytaruvchi sifatida ham foydalaniladi. Quyida metallurgiyada qo‘llaniladigan gaz holidagi yoqilg‘i larni asosiylarini tasnifi bilan tanishib chiqamiz. Tabiiy gaz. Tabiiy gazlar Er bag‘rida paydo bo‘lib, asosini metan CH 4 tashkil etadi. U tabiatda: 1. haqiqiy gaz konlaridan (CH 4 - 93 % gacha) 2. neft konlarida (CH 4 - 54 % gacha) birgalikda uchraydi. Tabiiy gaz quritish, kuydirish, eritish va tozalash pechlarida yoqilg‘i sifatida ishlatiladi. Koks gazi - toshko‘mirdan koks tayyorlashda olinadi. Koks gazining issiqlik energiyasi Q = 4000 kkal/m 3 bo‘lib, pechlar uchun sifatli yoqilg‘i hisoblanadi. Koks gazi qora metallurgiyada asosiy yoqilg‘i va metallni tozalashda qaytaruvchi sifatida foydalaniladi. Domna va koloshnik gazlari domna pechlari va rangli metallurgiya pechlarining ikkilamchi mahsuloti hisoblanadi. Bu gazlar asosan past haroratda ishlaydigan pechlarda, suv qaynatish qozonlarida va boshqa dastgohlarni isitish uchun ishlatiladi. Download 2.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling