Metallurgiya
Suyuq holidagi yoqilg‘ilar
Download 2.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)
5.3.2. Suyuq holidagi yoqilg‘ilar.
Neft - yagona tabiiy suyuq yoqilg‘i hisoblanadi. Sun’iy, suyuq yoqilg‘ilarning turlari esa xilma-xil bo‘lib, ularning asosiylari neftni qayta ishlash natijasida olingan benzin, kerosin, motor yoqilg‘isi, mazut; qattiq yoqilg‘ini qayta 121 ishlashdan olingan smola va mator yoqilg‘isi, kolloidli yoqilg‘ilar hamda sintetik suyuq yoqilg‘ilardir. Suyuq yoqilg‘ilarning qattiq yoqilg‘ilarga nisbatan afzalliklari quyidagilardan iboratdir, ya’ni yuqori issiqlik energiyasiga egaligi ( sh H Q =8500- 1000 kkal/kg), chiqindini miqdorini pastligi (A ish = 0:0,3%), alanga oldirishni soddaligi, po‘lat quvurlar orqali bir joydan ikkinchi joyga uzatilishi mumkinligi va h.k. Metallurgik pechlarni ishlashida suyuq yoqilg‘ilardan - mazut keng foydaniladi. Mazut neftni haydash natijasida olingan mahsulot bo‘lib, yuqori haroratda ishlaydigan kuydirish, eritish va metallarni tozalash pechlarida ishlatiladi. Mazutning sifati uning qovushqoqligi, undagi chiqindining miqdori va alangalanish harorati bilan belgilanadi. Mazutning qovushqoqlik darajasini shartli ravishda 80°C haroratda qabul qilinib, yuqori sifat ko‘rsatgichi 2,5:6,0 gacha, pastkisi esa 13:13,5 oralig‘ida. Mazut tarkibida chiqindining miqdori 0,1:0,63%, namligi 1:4% va solishtirma og‘irligi 0,91-0,99 g/sm 3 ga teng. Mazutning sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi elementlardan oltingugurt va parafindir. Kam oltingugurt markali mazut tarkibida 0.05 - 0.5% gacha va oltingugurtli markasida esa 3 - 3, 5 % dan oshmasligi kerak. Mazut moysimon modda bo‘lib, uzoq vaqt sifati buzilmay maxsus joylarda saqlanishi mumkin. Uning bu xususiyatidan foydalangan holda metallurgik zavodlarda pechlarni doimiy yoqilg‘i bilan ta’minlash maqsadida ishlatilayotgan boshqa turdagi yoqilg‘ilardan tabiiy gaz, ko‘mir, koks tashqari ma’lum miqdorda mazut yoqilg‘isi ham saqlanadi. Download 2.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling