Metallurgiya
Pechlarning asosiy qismlari
Download 2.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Butun yuza bo‘yicha bajariladigan fundamentlar
- 5.4.3. Pechlarning korpusi
Pechlarning asosiy qismlari. Metallurgiyada qo‘llaniladigan pechlarning
asosiy element-laridan biri, uning asosi fundamentidir. Pechlarning fundamenti statik va dinamik kuchlarga bardosh beradigan bo‘lishi kerak. Statik kuchlarga pechlarning devorlari, ishchi va hamma metalldan tayyorlangan qismlar kiradi. Dinamik kuchlarda esa, pechlarga shixta material solganda, eritish jarayoni davomida hosil bo‘ladi-gan, tayyor mahsulot olinayotganda va pechlarning o‘zi harakat-lanayotganda hosil bo‘ladigan kuchlanishlar inobatga olinadi. 129 13-rasm. Metallurgik pechlarning fundamentlarining turlari Pechlar fundamentlari turli konstruktsiyada bo‘lib, ularning asosiylari: a) butun yuza bo‘ylab; b) tasma shaklida, ya’ni ensiz, uzun plitalar holida; d) alohida-alohida blok plitalar holida tayyorlanadi. Butun yuza bo‘yicha bajariladigan fundamentlar - asosan yallig‘ qaytaruvchi, marten va boshqa shu kabi pechlar uchun qo‘llaniladi, bunday pechlar tagining sovishi maqsadga muvofiq emas. Tasma shaklida va bloklar holida tayyorlangan fundamentlar esa aksincha tagi sovitiladigan pechlar (masalan, metall boyitma eritiladigan pechlar) da qo‘llaniladi. Pechlarning fundamentini tayyorlashda xarsangtoshlardan, beton, qurilish va o‘tga chidamli g‘ishtlar, hamda chiqindi shlaklardan foydalaniladi. Eritish pechlarini qurishda uning atrofiga suv to‘planishiga nihoyatda ehtiyot bo‘lishi shart. Suv to‘planishi natijasida portlash, pechlarning yemirilishi va ishchilar jarohatlanishi mumkin. Shularning oldini olish maqsadida pechlar suv o‘tgan inshootlardan (suv quvuri, kanalizatsiya) yiroqda quriladi, shuningdek pechlar-ning atrofiga drenajlar quriladi. 5.4.3. Pechlarning korpusi Pechlarning asosi futerovkadan, (o‘tga chidamli g‘ishtlardan terilgan devori) tashqi mahkamlagichdan, xomashyo solinadigan va tayyor mahsulot olinadigan hamda gazlar harakatlanadigan yo‘ldan tashkil topgan. 130 Pech asosining mahkamlagichlari pechlarning turiga qarab, alohida-alohida metalldan tayyorlangan, metall belbog‘lar holida yoki pech asosini to‘la qoplagan metall qobig‘dan iborat bo‘ladi, (14 - rasm). Qoplamaga ishlatiladigan metall listlarning qalinligi 8mm dan 30 mm ga boradi. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi pechlarning shipi yarim yoy shaklida quriladi, sabab pechdagi issiqlik nuri eritilayotgan mahsulot tomon yo‘naltirishdir. Shuning uchun pechlar shipini tayyorlash katta javobgarlikni talab qilib, yoyni qurishda unga tushadigan tayanch kuchi P quyidagi formula orqali hisoblanadi: Download 2.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling