Metallurgiya
Issiqlik o‘tkazmaydigan materiallar
Download 2.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)
Issiqlik o‘tkazmaydigan materiallar. Tabiatda issiqlik o‘tkazmaydigan
modda - havodir, uning issiqlik o‘tkazish koeffitsienti juda kam bo‘lib 0,02 kkal/(m∙soat∙grad). Shuning uchun tabiatda va texnikada orasida havo bo‘lgan g‘ovak materiallar qo‘llaniladi. Metallurgik pechlar qurilishida issiqlik o‘tkazmaydigan yuqori g‘ovaklikka ega materiallar keng qo‘llaniladi. Texnikada ularni yengil o‘tga chidamli materiallar deb nomlanadi, ular ikki xil turda bo‘ladi, ya’ni tabiiy va sun’iy. Tabiiylariga - dolomit infuzor tuproq, tuproq va asbest kiradi. Birinchi ikkitasining tarkibini asosini, ya’ni 80-95% SiO 2 tashkil etadi. Ular yuqori g‘ovaklikga, kichik sig‘imga va kichik issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsientga 0,05- 0,12 kkal/(m∙soat∙grad) ega. Dolomit amorf ko‘rinishdagi kremniy oksidi bo‘lib, g‘ovak tuproq strukturasiga ega. Infuzor tuproq dolomitdan strukturasi jihatidan 128 farq qiluvchi tog‘ jinsidir. Bu materiallar izolyatsiya g‘ishtlarini tayyorlashda, oraliqlarni to‘ldirishda va pechning tashqi - ishchi organi bo‘lmagan devorlarini suvashda qo‘llaniladi. Asbest - magniyning tabiiy suvli silikati bo‘lib, issiqlik o‘tkazish koeffisienti 0,13 kkal/(m∙s∙grad) shuningdek yuqori darajali o‘tga chidamli materialdir. U to‘ldiruvchi sifatida kukun holida, karton, paxta va arqon holida ishlatiladi. Sun’iy issiqlik o‘tkazmaydigan materiallar, ya’ni yengil, o‘tga chidamli materiallar shamotdan, oksidlardan va qisman dinasli materiallaridan tayyorlanadi. Bu tayyorlangan materiallarning g‘ovakligi 50-85% ni tashkil etadi, oddiy o‘tga chidamli materiallarniki esa 5-30% ni tashkil qiladi. Yengil, o‘tga chidamli materiallarning zichligi 0,27-1,3 kg/sm 2 bo‘lib, issiqlik o‘tkazish koeffitsienti 0,09- 0,7 kkal/(m. Soat. Grad.). Bu materiallar qo‘lla-nilishiga qarab ikki sinfga bo‘linadi, ya’ni ichki izolyatsiyada qo‘l-laniluvchi va tashqi izolyatsiyada qo‘llaniluvchi materiallar. Yengil, o‘tga chidamli materiallar pechlarning turli konstruksiyasida qo‘llaniladi, jumladan shamotlilari pechlarning kam mexanik kuch ta’sir qiluvchi, shlak ta’siriga uchramaydigan, harorati 1200-1350°C dan oshmaydigan joylarida qo‘llaniladi. Pechlar qurilishida issiqlik o‘tkazmaydigan materiallar sifati shuningdek shlakli paxtalardan foydalaniladi. Shlakli paxtalar rangli va qora metallurgiyada chiqayotgan erib turgan shlakga havo purkash yo‘li bilan olinadi. Ulardan to‘ldiruvchi sifatida, yengil, o‘tga chidamli blok plitalar tayyorlashda qo‘llaniladi. Download 2.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling