Microsoft excel dasturida formulalar bilan ishlash
Exselni sozlash (ko`rinish menyusi, servis menyusi, buyruq parametrlari)
Download 92 Kb.
|
ASADBEK
5. Exselni sozlash (ko`rinish menyusi, servis menyusi, buyruq parametrlari).
1.Ko`rinish menyusi EXCEL joyining tashqi jihozlanishi va ishchi varag`ining tashqi ko`rinishini boshqaradi. U quyidagi asosiy buyruqlarni o`z ichiga oladi: a) formulalar satri buyrug`i -formulalar satrini chiqaradi yoki bekitadi; b) holat satri buyrug`i -holat satrini chiqaradi yoki bekitadi; v) uskunalar panelining buyrug`i -uskunalar panelini qo`shish, yaratish, tahrir qilish va sozlashga imkon beradi. Ushbu buyruq bosilsa, alifbo tartibida joylashtirilgan panellar sanalgan menyu paydo bo`lib, belgilangan panellar ekranga chiqadi. Panel nomi satri-ajratilgan asboblar panelining nomini chiqaradi. Yangi nomni kiritish uskunalarning yangi panelini yaratadi (Shu erda mavjud uskunalar panelini qayta nomlash mumkin emasligini ta`kidlab o`tish zarur). Yaratish tugmasi-panel nomi satrida kiritilgan nomli yangi bo`sh uskunalar panelini qo`shadi. So`ngra tugmalar muloqotli sozlash oynasi paydo bo`lib, unda yangi uskunalar paneliga tugmalar qo`shish mumkin bo`ladi. Yo`q qilish tugmasi-ajratilgan uskunalar panelining dastlabki (joylashtirilgan) versiyasiga qaytaradi. Agar ushbu panel foydalanuvchi tomonidan yaratilgan bo`lsa, u holda "Almashtirilsin" tugmasi "Olib tashlansin" tugmasiga almashtiriladi. Olib tashlash tugmasi-foydalanuvchining panelini olib tashlaydi (joylashtirilgan panelni olib tashlash mumkin emas). Rangli panellar bayroqchasi-rangli tugmalarni chiqaradi. Bayroqcha olib tashlansa, tugmalar oq-qoraga aylanadi. Katak tugmalari bayroqchasi-uskunalar panellarining o`lchamlari bo`yicha kattalashtirilgan tugmalarni chiqaradi. Yo`l-yo`riq bayroqchasi -"sichqoncha" kursori ko`rsatib turgan tugma nomini chiqaradi. Sozlash tugmasi -Sozlash muloqot oynasini chiqarib, unda uskunalar paneliga yangi tugmalar qo`shish, shuningdek, tugma va asboblar panelini sozlash mumkin bo`ladi. Sozlash muloqot oynasi quyidagi elementlarga ega: "Kategoriyalar" menyusi-barcha toifadagi tugmalarni ko`rsatadi. "Tugmalar" menyusi-ajratilgan toifadagi tugmalarga tegishli bo`lgan barcha tugmalarni ko`rsatadi (masalan, Rasm chizish toifasi uchun grafik tasvirlar bilan ishlashga imkon beradigan barcha tugmalar chiqariladi). Tavsif oynasi-ajratilgan tugmalar bilan bajariladigan amallar tavsifini beradi. Yopish tugmasi -sozlash muloqot oynasini yopadi. Download 92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling