Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin


 Auditni joylarda o‘tkazish uchun tayyorgarlik


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/100
Sana17.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1783058
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   100
Bog'liq
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish

8. Auditni joylarda o‘tkazish uchun tayyorgarlik
Bu bosqichda quyidagi ishlarni amalga oshirish kerak:
1. Auditorlar guruhining rahbari audit rejasini tayyorlashi 
kerak.
Audit rejasi o ‘z ichiga:
• 
Audit maqsadlari va mezonlari;
• 
tekshirilishi kerak b o ‘lgan m as’ul shaxslar, bo‘linmalar va 
jarayonlar ko‘rsatilgan holda audit hajmlari;
• 
auditni o ‘tkazish sanasi vajoyi;
• 
audit bilan bog‘liq tadbirlar, shu jum ladan kirish va 
yakuniy yig‘ilishlaming o ‘tkazish vaqti va joylarini o ‘z ichiga olishi 
kerak.
Reja audit dasturini boshqarish uchun javobgar tomonidan 
tasdiqlanishi 
va 
tekshirilayotgan 
b o ‘linmaga 
audit 
joyida 
boshlangungacha taqdim qilinishi kerak.
Tekshirilayotgan b o ‘linma tomonidan bildirilgan istalgan 
e’tirozlar auditorlar guruhi rahbari, tekshirilayotgan bo ‘linma 
rahbari va audit dasturini boshqarish uchun javobgarlar tomonidan 
birgalikda hal qilinishi kerak.
2. 
Auditorlar guruhi rahbari auditorlar guruhi a’zolari orasida 
tekshirishning turli sohalarining o ‘ziga xos xususiyatlari va 
auditorlarning shaxsiy sifatlari, bilimi, ko‘nikmalari va tajribasini 
hisobga olgan holda ularning majburiyatlarini taqsimlashi kerak.
3. 
Auditorlar guruhi a’zolari 
ishchi hujjatlarni:
a) 
chek (umumiy savol) - varaqlar;
b) 
audit guvohliklari, kuzatmalarini ro ‘yxatga olish uchun 
shakllar va yig‘ilishlar bayonnomalarini tayyorlashlari kerak
Chek-varaq 
- bu auditor tekshirishi kerak b o ‘lgan savollarning 
nazorat ro‘yxati. Tekshirishga tayyorgarlik bosqichida chek-
73


varaqlarni tayyorlash muhim hisoblanadi. Chek-varaqlar auditor 
tomonidan 
tekshirilayotgan 
faoliyat 
turlari 
tegishli 
tarzda 
bajarilayotganligini yoki bajarilmayotganligini aniqlash uchun 
tuziladi [16].
U tekshirilayotgan b o ‘linma xodimlariga savollar ko‘rinishida 
yoki auditor tekshirishni o ‘tkazishni rejalashtirayotgan barcha 
bandlarni ko‘rsatgan holda, auditor uchun eslatma holida tuzilishi 
mumkin.
Har bir chek-varaqda qo‘llanilayotgan standart, sifat bo‘yicha 
qo‘llanma yoki tekshirishda qo‘llanilayotgan boshqa hujjat bandiga 
havola berilishi, shuningdek muvofiqlik, nomuvofiqlik va sharhlar 
uchun joy qoldirilishi maqsadga muvofiq. Auditor tekshirish 
mobaynida chek-varaqda qaydlar qiladi, bu esa audit xulosasini 
tuzish b o ‘yicha ishni yengillashtiradi.
Chek-varaqni quyidagilar tekshirishga kiritiladigan qilib tuzish 
kerak:
• tekshirish obyektiga nisbatan kritik tavsiflar;
Iste’molchining qanoatlanganligi, atrof-muhit xavfsizligiga
ta’sir ko‘rsatuvchi, tashkilot uchun jiddiy iqtisodiy xavf tug‘di- 
ruvchi tavsiflar.
• davriy ravishda takrorlanuvchi muammolar;
• tashqi tashkilotlar tomonidan sifat tizimini baholash natijasida 
aniqlangan muammolar;
• aw alg i ichki auditlar mobaynida aniqlangan muammolar, shu 
jum ladan boshqa b o ‘linmalarda.
Auditor, tekshirilayotgan b o ‘linmada berishi mumkin b o ‘lgan 
savollarni oldindan tuzishi va chek-varaqda qayd qilishi mumkin.
Tashkilotning 
barcha 
b o ‘linmalariga 
taalluqli 
bo‘lgan 
protseduralarga (masalan, hujjatlarni boshqarish protsedurasi) 
faoliyatning 
muvofiqligi 
tekshirilganda 
barcha 
auditorlar 
foydalanishi mumkin b o ‘lgan yagona chek-varaqlarni ishlab chiqish 
mumkin.
B o‘linmalaming o‘ziga xos faoliyatini tekshirish uchun 
hujjatlar tahlil natijalarini hisobga olgan holda auditorlar alohida 
chek - varaqlarni tayyorlashlari kerak.
Kirish yig‘ilishi:
• auditorlar jamoasini tekshirilayotgan bo‘linma vakillari bilan
74


tanishtirish;
audit rejasini kelishish;
• auditni o ‘tkazish vaqtida bo‘linma xodimlaridan nimalar talab 
qilinishini aniqlash;
• auditorlarga hamrohlik qiluvchi shaxslar tayinlanganiga 
ishonch hosil qilish;
• tekshirilayotgan bo‘linma tomonidan berilishi 
mumkin 
bo‘lgan savollarga javob berish uchun o ‘tkaziladi.
Kirish yig‘ilishi auditorlar guruhi tekshirilayotgan bo‘linmaga 
kelganidan so‘ng va audit boshlangungacha o ‘tkaziladi. Y ig‘ilishda 
auditorlar guruhining hamma a’zolari, tekshirilayotgan b o ‘linma 
rahbari va vakillari ishtirok etadi. Y ig‘ilishni auditorlar guruhi 
rahbari olib boradi. U yig‘ilish qatnashchilarini bir-birlariga 
tanishtiradi, auditning maqsadlarini tushuntiradi, audit hajmi va 
mezonlarini tasdiqlaydi.
Auditorlar 
guruhi 
rahbari 
auditni 
o ‘tkazish 
usullarini 
tushuntirishi mumkin.
Y ig‘ilish 
davomida 
auditorlar 
guruhi 
rahbari 
yakuniy 
yig‘ilishni o ‘tkazish sanasi, vaqti, joyini xabar qilishi va 
tekshirilayotgan bo‘linma vakillariga savollar berish uchun 
imkoniyat berishi kerak.
Auditorlar o ‘z majburiyatlarini bajarishni boshlagungacha
auditorlar guruhi rahbari jalb qilingan auditorlar xavfsizlik texnikasi 
qoidalari bilan tanishganiga ishonch hosil qilishi kerak.
Kichik tashkilotlarda auditorlarni tekshirilayotgan xodimlar 
bilan tanishtirish va ularga hamroh b o ‘luvchilarni biriktirishga 
ehtiyoj y o ‘q. Bu holda kirish yig ‘ilishi auditorlar guruhi rahbarining 
audit qanday o ‘tkazilishi to ‘g ‘risida xabar berishidan iborat b o ‘ladi.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling