Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/100
Sana17.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1783058
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   100
Bog'liq
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish

Auditni o‘tkazish
Istalgan audit cheklangan vaqt va cheklangan resurslar bilan 
amalga oshiriladi. Har qanday tekshirishlar tekshiruvchi va 
tekshiriluvchining vaqtini oladi. Auditor, yig‘ilishlar, so‘rovlar va 
h.k. o ‘tkazish vaqtida xodimlarni ishdan chalgitgan holda, ishlab 
chiqarish jarayonini buzishi mumkin
shuning uchun ham 
tekshirishni samarali o ‘tkazish uchun har bir auditga yaxshilab 
tayyorlanish kerak. Joylarda tekshirishni o ‘tkazish uchun uchta 
tayyorgarlik bosqichi bajariladi: «auditning boshlanishi», «hujjatlar
71


tahlilini o ‘tkazish» va «joylarda tekshirishga tayyorgarlik».
Auditning boshlanishi
Har bir aniq auditning boshida quyidagi ishlarni bajarish kerak:
1. Audit maqsadlari, hajmi va mezonlarini aniqlash
2. Auditorlar guruhini shakllantirish
Auditorlar 
guruhini 
shakllantirishda, 
auditorlar 
guruhini 
tekshirilayotgan faoliyatdan mustaqilligini ta ’minlash va guruh 
a’zolari orasida kelishmovchiliklar mavjud b o ‘lishi mumkinligining 
oldini olish zarur, bunda tekshirilayotgan b o ‘linma fikrlarini ham 
hisobga olish kerak.
3. Audit muddatlarini tekshirilayotgan boMinma bilan 
kelishish
Audit dasturini boshqarish uchun javobgar shaxslar, yoki 
auditorlar guruhining rahbari tekshiriladigan bo‘linma bilan 
oldindan audit muddatlarini, zaruriyat b o ‘lsa, auditorlar guruhi 
tarkibini kelishishi kerak.
7. Hujjatlar tahlilini o‘tkazish
Hujjatlar tahlili o ‘tkazish - auditga tayyorgarlik ko‘rishning 
eng muhim bosqichi sanaladi, bu ayniqsa sifat tizimini joriy qilish 
davrida yaqqol bilinadi. Shuning uchun ham joylarda tekshirishga 
tayyorgarlik ko‘rishda ichki auditorlar, audit mezonlariga aloqasi 
bo‘lgan hujjatlami yaxshilab tahlil qilishlari kerak. Tahlilda 
quyidagilarga ahamiyat berish zarur:
• amaldagi va yangi joriy qilingan hujjatlar orasida bo‘lishi 
mumkin b o ‘lgan qarama-qarshiliklar;
• javobgarlikni 
taqsimlashdagi yuzaga kelishi 
mumkin 
bo‘lgan ziddiyatlar;
Masalan, sifat b o ‘yicha qo‘llanmada qandaydir jarayon uchun 
javobgarlik belgilangan, lekin bu jarayon b o ‘yicha protsedurada 
javobgar sifatida boshqa shaxslar ko‘rsatilgan, ulaming lavozim 
y o ‘riqnomalarida esa bu javobgarlik haqida hech narsa deyilmagan.
• faoliyatni 
bayon 
qilishda 
«umumiy 
so‘zlar» 
dan 
foydalanilishi. Hujjat matnidagi bunday joylar bu faoliyatni amalga 
oshirish tartibi belgilanmaganligini yoki bu faoliyat umuman 
amalga oshirilmasligini bildiradi. Bu holatda auditor joylardagi 
tekshirishda bu faoliyat qanday amalga oshirilishini tekshirish
72


kerakligi to ‘g ‘risida o ‘ziga qayd qilib qo‘yishi kerak.
Agar hujjatlar mos emas deb tan olinsa, auditorlar guruhi 
rahbari 
audit 
dasturini 
boshqarish 
uchun 
javobgar 
va 
tekshirilayotgan bo‘linma rahbariga auditni davom ettirish yoki 
ettirmaslik to ‘g ‘risidagi qarorlarni qabul qilish uchun xabar qilishi 
kerak.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling