tahlilini o ‘tkazish» va «joylarda tekshirishga tayyorgarlik».
Auditning boshlanishi
Har bir aniq auditning boshida quyidagi ishlarni bajarish kerak:
1. Audit maqsadlari, hajmi va mezonlarini aniqlash
2. Auditorlar guruhini shakllantirish
Auditorlar
guruhini
shakllantirishda,
auditorlar
guruhini
tekshirilayotgan faoliyatdan mustaqilligini ta ’minlash
va guruh
a’zolari orasida kelishmovchiliklar mavjud b o ‘lishi mumkinligining
oldini olish zarur, bunda tekshirilayotgan b o ‘linma fikrlarini ham
hisobga olish kerak.
3. Audit muddatlarini tekshirilayotgan boMinma bilan
kelishish
Audit dasturini boshqarish uchun javobgar shaxslar, yoki
auditorlar guruhining rahbari tekshiriladigan bo‘linma bilan
oldindan audit muddatlarini, zaruriyat b o ‘lsa,
auditorlar guruhi
tarkibini kelishishi kerak.
7. Hujjatlar tahlilini o‘tkazish
Hujjatlar tahlili o ‘tkazish - auditga tayyorgarlik ko‘rishning
eng muhim bosqichi sanaladi, bu ayniqsa sifat tizimini joriy qilish
davrida yaqqol bilinadi. Shuning uchun ham joylarda tekshirishga
tayyorgarlik ko‘rishda
ichki auditorlar, audit mezonlariga aloqasi
bo‘lgan hujjatlami yaxshilab tahlil qilishlari kerak. Tahlilda
quyidagilarga ahamiyat berish zarur:
• amaldagi va yangi joriy qilingan hujjatlar orasida bo‘lishi
mumkin b o ‘lgan qarama-qarshiliklar;
• javobgarlikni
taqsimlashdagi
yuzaga kelishi
mumkin
bo‘lgan ziddiyatlar;
Masalan, sifat b o ‘yicha qo‘llanmada qandaydir jarayon uchun
javobgarlik belgilangan, lekin bu jarayon b o ‘yicha protsedurada
javobgar sifatida boshqa shaxslar ko‘rsatilgan,
ulaming lavozim
y o ‘riqnomalarida esa bu javobgarlik haqida hech narsa deyilmagan.
• faoliyatni
bayon
qilishda
«umumiy
so‘zlar»
dan
foydalanilishi. Hujjat matnidagi bunday joylar bu faoliyatni amalga
oshirish tartibi belgilanmaganligini yoki bu faoliyat umuman
amalga oshirilmasligini bildiradi. Bu
holatda auditor joylardagi
tekshirishda bu faoliyat qanday amalga oshirilishini tekshirish
72
kerakligi to ‘g ‘risida o ‘ziga qayd qilib qo‘yishi kerak.
Agar hujjatlar mos emas deb tan olinsa, auditorlar guruhi
rahbari
audit
dasturini
boshqarish
uchun
javobgar
va
tekshirilayotgan bo‘linma rahbariga
auditni davom ettirish yoki
ettirmaslik to ‘g ‘risidagi qarorlarni qabul qilish uchun xabar qilishi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: