Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
20
kechirayotgan xalqni o‘ylang! Siz, oyoqlaringiz ostida cho‘llab yotgan tuproqni o‘ylang! 
Qarang, yer qaqrab yotibdi, qaqrab! Yer chatnab yotibdi, chatnab! Asrlardan buyon 
cho‘l-biyobon bo‘lib yotibdi. Siz bilan biz mana shu cho‘l-biyobonlarni inson yashaydigan 
makonga aylantirmasak... kommunist bo‘lib nima qilib yuribmiz? Jaydari til bilan 
aytganda... odam bo‘lib nima qilib yuribmiz? Qani, O’zbekiston gimnini aytinglar-chi? 
Qani-qani? 
Viloyat kattalari tasbehday-tasbehday tizilib turdi. Kattalar yer chizdi. Kattalar qizarib-
bo‘zardi. 
— Hali, O’zbekiston gimniniyam bilmaysizlarmi? — deya dimog‘ida kuldi Sharof 
Rashidov. — O’zbekiston gimnini-ya? Ana, xolos! Cho‘l o‘zlashtirishni eplay 
olmasalaringiz, gimn aytishni bilmasalaringiz... kommunist bo‘lib nima qilib yuribsizlar? 
Ana shunda, raykom Esonov jonlandi. O’z joyidan ovoz berdi: 
— Men picha ayta olaman, o‘rtoq Rashidov. 
— Pichami, to‘liqmi? 
— Ha, endi, gimn bo‘lgach, to‘liq bo‘ladi-da, o‘rtoq Rashidov. 
— Unda, ikkalamiz aytamiz. Qani, keling! 
Raykom Esonov chopqillab-chopqillab bordi. Sharof Rashidovni yonida banda misol-
banda misol turdi. Sharof Rashidovga ko‘z qiri bilan qarab-qarab turdi. 
— Qani, o‘rtoq raykom, ikkalamiz mana shularga bir namuna bo‘laylik! 
Sharof Rashidov qo‘llarini yonlariga bosdi. Qomatini mag‘rur kerdi. Boshini adl ko‘tardi. 
Sharof Rashidov bepoyon cho‘l-biyobonga boqib-boqib... Sho‘rolar O’zbekistoni gimnini 
aytdi: 
Serquyosh o‘lkada ko‘rmasdik ziyo,
Daryolar bo‘yida edik suvga zor... 
Ufqlarga tutash cho‘l. Sap-sariq cho‘l. Biyday cho‘l. 
Ana shu sap-sariq cho‘l qo‘ynida gimn yangradi. 
Bari katta g‘oz turdi. Gimn aytar bo‘lib, og‘iz pichirlatdi. 
Sharof Rashidov kattalarga murojaat etdi. So‘zni qalin-qalin qilib aytdi: 
— Ana, eshitdilaringizmi? Daryolar bo‘yida edik suvga zor... Bu, kim haqida? Siz bilan 
biz haqimizda! 
O’zbekistonda yashovchi barcha qorako‘z xalq haqida. Lekin qorako‘z xalqda ayb yo‘q. 
Xalq saraton sarig‘ida chang yutib, qahraton sovug‘ida muz qotib mehnat qiladi! Ayb siz 
bilan bizda! Qarang, asrlar mobaynida Amudaryo, Sirdaryo degan azim daryolar bo‘yida 
yashaganmiz. Ammo suvga zor bo‘lib yashaganmiz. Asrlar davomida azim-azim 
daryolarning shundaygina qirg‘og‘ida yashaganmiz. Ammo suvga tashna bo‘lib turmush 
kechirganmiz. Bu nimadan? Bu, siz bilan bizning... Gap kelganda, otangni ayama, 
deydilar. Mana shu biyday cho‘lda aytay, norasmiy ravishda aytay, quloqlaringizga 
aytay: bu siz bilan bizning yuvoshligimizdan, ha, qo‘ymijozligimizdan! Begona tillar bizni 
«baran-baran», deydi. Mana, baranlik! Endi, buni qarang: butun boshli oblast 
rahbariyati, o‘nlab rayon rahbariyati... O’zbekiston gimnini bilmaydi! Ana, qo‘ymijozlik! 
Raykom Esonov shuncha zot orasida bitta o‘zi O’zbekiston gimnini ayta olishidan 
quvondi. Ammo Sharof Rashidovni gaplaridan g‘oyat ta’sirlandi. 
«O’zi, o‘rtoq Rashidov kuyunganicha bor-da,— dedi raykom Esonov. — «Baran» 
bo‘lmasak, Amudaryo bo‘yida suvga tashna yashaymizmi? «Baran» bo‘lmasak, el-yurt 
yo‘lboshchisi bo‘la turib, O’zbekiston gimnini bilmaymizmi?» 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling