Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
23
Oqibat — huzur-halovat ko‘rdi. 
Botir firqani tag‘in nimalar kutardi? 
Qo‘rquv! Kimdandir qo‘rquv, nimadandir qo‘rquv: gap tegib qolmasa edi. Shov-shuv 
bo‘lib ketmasa edi. Xo‘jayin bilib qolmasa edi. Reviziya kelib qolmasa edi. Oxiri voy 
bo‘lmasa edi... 
Botir firqani tag‘in nimalar odam qildi? Hujjatlar! Partiyaviy-siyosiy hujjatlar. Huquqiy 
hujjatlar. Moliyaviy hujjatlar... 
Botir firqa... tirik insonga ishonmadi. Botir firqa... qog‘oz-hujjatga ishondi. Botir firqa... 
yuz-xotirga ishonmadi, qasam-lafzga ishonmadi. Botir firqa... qog‘oz-hujjatga ishonib 
yashadi. 
Oqibat — Botir firqa qog‘oz-hujjatlardan... tayanch-sadoqat ko‘rdi! 
Ana shunday bir muhtaram zot telefon etib qoldi. Yotar vaqti... yotar vaqti partiyaviy 
topshiriq berib qoldi. 
Oqshom vaqti To‘raqulov vafot etib edi. To‘raqulov sobiq raykom sekretari edi. Marhum 
ertaga dafn etilar edi. 
Partiyaviy topshiriq ana shu haqda bo‘ldi. 
Botir firqa yotolmadi. Yotish uchun yurak betlamadi. Uyqusi yo‘qoldi. 
Partiyaviy topshiriqni bajarish uchun shaylandi. Mashina buyurdi. 
To‘raqulovni xonadoniga yo‘l oldi. 
Mashina xiyolda yo‘l tanobini tortdi. 
Xonadon... motamxona bo‘ldi. Zim-ziyo qorong‘izor bo‘ldi. Jimjit zulmat bo‘ldi. Mungli 
ham qayg‘uli bo‘ldi. 
Xonadondan ajab-ajab is anqidi. 
Botir firqa bo‘sag‘ada mashinaga suyanib turdi. To‘raqulovni to‘ng‘ich o‘g‘lini ayttirib 
keldi. 
— Mana shu anqiyotgan nima? — dedi Botir firqa. 
— Isiriq. 
— Isiriq, isiriq... qirqinchi yillarda mana shu isiriq uchun odamlar surgun bo‘lgan, 
qatag‘on bo‘lgan. Shuni bilasizmi? 
— Isiriq tutatib, otamni... ins-jinslardan qo‘riqlayapman. 
— Ana gap, ana! Kim aytadi sizni raykom sekretarini o‘g‘li deb? Ins-jins emish! Siz o‘zi 
qaysi jamiyatda yashayapsiz? 
— Ichkarida... otam yotibdi. Gigiena deganday, gigiena... 
— Gigiena kerak bo‘lsa... dezodorant seping, dezodorant! Isiriq... eskilik sarqiti! 
Shunday, isiriq eskilik sarqiti! 
— Xo‘p, o‘chirib tashlayman, xo‘p. 
— Bu, bir. Ikkinchi: ertaga dafn marosimida partiya-sovet arboblari keladi, obkom 
sekretarlari keladi. Bir so‘z bilan aytsak, jamiyatni qaymog‘i keladi. Ammo-lekin dafn 
marosimida janoza o‘qilmaydi. 
— A? 
— O’rtoq To‘raqulovga janoza o‘qilmaydi! To‘raqulov raykom sekretari edi, deputat 
edi, qo‘sha-qo‘sha orden-medallar sohibi edi. Bir so‘z bilan aytsak, asl kommunist edi. 
Asl kommunist eskilik sarkitlaridan yuksak turadi! Shunday ekan, biz o‘rtoq To‘raqulovni 
asl kommunistchasiga dafn etamiz. Harbiy orkestr motam marshini chaladi. Partiya-
sovet arboblari faxriy qorovul bo‘ladi... 
— Otam... 
Katta gapirganda, jim turing! Qanaqa odamsiz, o‘zi? Siz qaysi jamiyatda 
yashayapsiz, o‘zi? Mana, kuni kecha o‘rtoq Xrushchev katta nutq so‘zladi. KPSS 
programmasi qabul qilindi. Programmada: sovet xalqini hozirgi avlodi kommunizmda 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling