Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
24
yashaydi, deb aytildi. Dunyo bo‘ylab bir sharpa — kommunizm sharpasi kezib yurib-di
deyildi. Sizni xonadoningazda esa... isiriq kezib yuribdi, isiriq! Qanaqa odamsiz, o‘zi? 
— Xo‘p, uzr. 
— KPSS programmasida kommunizmga ta’rif berildi. Kommunizm — erkin va ongli 
mehnatkashlarni yuksak darajada uyushgan jamiyatidir, taraqqiy etgan jamiyatidir, 
deyildi. Ana shunday jamiyatda... janozaga balo bormi? 
— To‘g‘ri, lekin... musulmonchilik, uvol-savob, degan gaplar bor. 
— Mashinaga kiring. Mana, ruchka, mana, qog‘oz. Yozing: tilxat... 
To‘raqulov... janozasiz ko‘mildi. 
28 
Jamoat sudi shahar madaniyat uyida bo‘ldi. 
Sud raisi — madaniyat uyi direktori sahna to‘rida o‘tirdi. 
Sud hay’ati a’zosi Botir firqa raisni qabatidan joy oldi. 
Aybdor sahna bilan zal oralig‘ida o‘tirdi. 
Zal deyarli to‘ldi. 
Ana shunda rais jarayonni boshladi. Rasmiy bo‘limdan keyin maqsadga o‘tdi. Aybdorga 
so‘z berdi. 
O’rtada o‘tirmish aybdor joyidan qo‘zg‘oldi. Bir sahnaga qaradi, bir zalga qaradi. Vazmin-
vazmin so‘zladi. Sipo-sipo so‘zladi: 
— Men, jurnalist Madiev... redaktsiya topshirig‘i bilan komandirovkaga borib edim
qaytishimda ob-havo yomonlashib, samolyot ucholmay qoldi. Aeroportda uyoqqa 
yugurdim, buyoqqa yugurdim. Nima qilishimni bilmadim. Redaktsiyaga telefon qildim. 
O’sha kuni hamma paxtaga ketgan ekan, hech kim telefonni olmadi. Paxta vaqtida 
bunday yurish yomon oqibatlarga olib kelishini o‘yladim. Bir o‘rtog‘imga telefon qildim. 
«Shahar huvillab yotibdi, hamma paxtaga ketgan», dedi o‘rtog‘im. 
«Biror-bir rahbarga uzrimni aytib qo‘ymoqchiman», dedim men. «Shahar bo‘yicha faqat 
obkom sekretari Rajabovni derazasi yorug‘ bo‘lib turibdi. Boshqa rahbarlar dalada 
yuribdi», dedi o‘rtog‘im. Men o‘ylab-o‘ylab, aeroportdan oblast partiya komitetini birinchi 
sekretari Rajabovni qabulxonasiga telefon qilmoqchi bo‘ldim. Lekin tortindim. Obkom 
sekretarini telefonda bezovta qilish odobdan emas, deb o‘yladim. Keyin, o‘rtoq Rajabov 
nomiga srochniy telefonogramma berdim. 
— Nega aynan o‘rtoq Rajabovga telegramma berdingiz? Axir, o‘rtoq Rajabov sizning 
redaktoringiz emas-ku? — dedi rais. 
— Bosh redaktorimiz paxtada ekan-da. Qolaversa, gazetamiz obkomni organi. O’rtoq 
Rajabov bizning eng katta boshlig‘imiz hisoblanadi. Shu sababli, katta boshlig‘imizga 
telegramma berdim. Boshliqqa telegramma berish ayb emas-ku? Qaysi aybim uchun 
meni jamoatchilik sudiga qo‘yayapsizlar? 
— Qaysi aybingiz uchun? Hali, aybingizni bilmaysizmi? 
Rais bir telegrammani boshi uzra ko‘tardi. Telegrammani tantanali suratda chapga 
ko‘rsatdi, o‘ngga ko‘rsatdi. Keyin, telegrammani o‘qib berdi: 
— «Ya, korrespondent Madiev... zaderjivayus!» 
Zal birdan jonlandi. 
Bir partiya aktivi bosh chayqadi. Bir partaktiv lablarini cho‘chchaytirdi. Tag‘in bir 
Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling