Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
26
Botir firqadan... sado bo‘lmadi. 
Endi, Madiev sud ahliga qaradi. Bejo-bejo qaradi. G’azabnok-g‘azabnok qaradi... Endi, 
chaparastalabcha-parastalab so‘qdi: 
— Unda, sen chinovniklarni..! Chinovniklar to‘nka! 
Chinovniklar baran! Chinovniklar cho‘chqa! T-fu, chinovniklar, t-fu! 
Madiev bot-bot tupurdi. Ichidan balg‘am tortib-tortib tupurdi. Qaqirib-qaqirib tupurdi. 
Ichida tupugi tugagunicha tupurdi. 
Madiev shahd bilan tashqari otildi. 
Ketidan partaktivlar chikib keldi. Biri qo‘yib, biri xitob etdi: 
— Ushlang banditni, ushlang! 
Xuligan ketdi, xuligan! 
— Militsiya chaqiring, militsiya! 
Madiev militsiyani eshitib, to‘xtadi. Partaktivlarga shiddatli qayrildi. Qulochlarini yoydi. 
Partaktivlarni o‘ziga chorladi. Qahr ham alam bilan bobilladi: 
— Kel, kel! Kel, burjuaziya vakilini ushla! Kel, 
sovet hukumati dushmanini ushla! Kel, chet el razvedkachisini ushla, kel! 
Partaktivlar joyida qoldi. Bir odim oldin bosolmadi. Aksincha, ketiga tis-tis bo‘ldi. 
Madiev bir partaktivni ushlab, ikkinchi partaktivga olib borib urdi. Unisini bunisiga urdi. 
To‘s-to‘polon bo‘ldi. Tasir-tusur bo‘ldi. Qiy-chuv bo‘ldi. 
Shu vaqt zinapoyada militsiya ko‘rindi. 
Madiev militsiyachilar changalida talpindi. Madiev militsiyachilar changalida baqirdi: 
— Qo‘yib yuboringlar, men razvedkachiman! Men chet elga ketaman! 
Militsiyachilar Madievni qo‘llarini asir misol ketiga qayirdi. Asir misol tashqari olib chiqdi. 
Asir misol — oldilariga solib ketdi. 
29 
Botir firqa Madievni ketidan qarab qoldi. 
«Tuz-qalampir bola ekan, tuz-qalampir. Endi, organ shtraf oladi yo o‘n besh sutkaga 
yotqizadi, — deya o‘yladi. — Hartugul, organ jinoiy ish qo‘zg‘amasa bo‘ldi. Bolapaqir, 
shoirligiga boradi. O’ziga javr etadi». 
30 
Jamoat sudi raisi Rajabovni huzuriga yo‘l oldi. Rajabovga sud jarayonini oqizmay-
tomizmay aytib berdi. 
— Nu-nu! — dedi Rajabov. — Axir, biz u bolani bir... tarbiyalab qo‘ymoqchi edik-ku? 
Shunaqa qildimi-a? 
— Shunaqa qili. Sotsialistik jamiyatga antipatiyasi borligini oshkora namoyish etdi. 
Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling