Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
29 Bosh vrach birdan o‘zgardi. Yelkalari tik bo‘ldi. Ko‘ksi kerildi. Yuzi beshafqat tus oldi. Ko‘zlari sinov ham gumon bilan tikildi. — Iloj yo‘q, Botir Esonovich, iloj yo‘q. Kasalxonamizning o‘z ichki qonun-qoidalari bor. Ana shu ichki qonun-qoidalarni buzgan vrach... boshi bilan javob beradi. — Partiya talab qilyapti, uka, partiya! — To‘g‘ri, partiyaning talabi biz uchun qonun! Lekin meditsinaning o‘z ichki qonun- qoidalari bor. Biz Gippokrat oldida qasam ichganmiz. Gippokrat! Qasamni buzgan vrach — vrach emas. — Shaxsan o‘rtoq Rajabov iltimos qilmoqdalar! Mana, o‘sha Rajabovning raporti. Mana, shaxsiy imzosi. Shaxsan o‘zi qo‘l qo‘ygan! O’rtoq bosh vrach, Lev Trotskiyni mashhur bir gapi bor. O’rtoq Trotskiy bunday deydi: partiya misoli ikki qavatli binoda yashaydi. Ikkinchi qavatda partiya qaror qiladi. Birinchi qavatda partiya mazqur qarorni ijro etadi. O’rtoq Trotskiy aytganidek, ikkinchi qavatda obkompartiya qaror qildi, birinchi qavatda raykompartiya — biz ana shu qarorni bajarmoqchimiz, xolos. — Shunday ekan, o‘shanda o‘rtoq Rajabov raport yozmasin edi? Keyin, so‘zidan qaytmasin edi? — Rajabov so‘zidan qaytmas edi. Shu, ovozing o‘chgur... radio yomon-da. — Bu ishga radioning nima aloqasi bor? — Iya, hali xabaringiz yo‘qmi? Botir firqa yuzlarini egdi. Shahodat barmog‘i bilan vrachni imladi. Vrachni qulog‘iga ohista shivirladi: — Yaqinda, ovozing o‘chgur «Golos Ameriki» shu haqda... huribdi. SSSR, KPSS, jinnixona, shoir, deb huribdi. — Gapirsa-gapiraversin! — Endi, butun dunyoga sharmanda bo‘lmaylik deyman-da. Moskva nima deydi? Yuqoridagilar nima deydi? Partiyaviy jazo olamiz, partiyaviy! Shu bois, o‘rtoq Rajabov masalani bosdi-bosdi etmoqchi. — Iloji yo‘q, Botir Esonovich. Bemor keltirilganda, uch-to‘rt kun meditsina tekshirishidan o‘tkaziladi. Diagnoz belgilanadi. Ana o‘shanda bir ilojini qilsa bo‘lar edi. Endi, bemor belgilangan muddat mobaynida yotib davolanmasa... ozodlikka chiqarilmaydi. — Bizni Madiev qancha yotadi? — Bemor Madievmi, xo‘-o‘sh... bir yil yotadi! — Bir yil? — Shunaqa, bir yil yotadi. Lekin sizning hurmatingiz uchun davolanish muddatini olti oyga kamaytirib berishim mumkin. Buyog‘i, masala syyosiy tus olibdi ekan, shuning uchun. — Siyosiy tus olmas edi-yu, bolasi qurg‘urni... she’r yozadigan qilig‘i bor-da. — She’r? Shoir deng? — Shunday, shunday. Bolapaqir, shu holiga... she’r yozishni odat qilib olgan! Odatlangan... qilig‘ini qarang? Yomonni bir qilig‘i ortiq deganlari shu-da. Yemonni ana shu... she’r yozish qilig‘ini «Golos Ameriki»... do‘mbira qilib chalibdi! KPSS adabiyotni buzyapti. KPSS talantlarni jinnixonaga o‘tqizyapti... deb akillabdi. — «Golos Ameriki» gapiraveradi. Gap shu, Botir Esonovich, davolash muddatini bir yildan olti oyga kamaytirish qo‘limdan keladi, xolos. — Xo‘p bo‘lmasa, o‘rtoq Mirzaev. Download 420.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling