Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
37
O’zi, oppozitsiya nima? Oppozitsiyani uchta talab-tamg‘asi bor: nima qilsa — kelajak 
yaxshi bo‘ladi? Nima qilsa — kelajakda yurt obod bo‘ladi? Nima qilsa — kelajaqda xalq 
to‘q bo‘ladi? 
Ana shu uchta talabga javob beruvchi zot... oppozitsiya shon-shavkatiga loyiq bo‘ladi. 
Ana shu uchta talab uchun kurashuvchi zot... oppozitsiya shon-shavkatiga munosib 
bo‘ladi... 
O’tmishga qayrilib bosh eguvchi zot, kelajakka talpinib yeng shimaruvchi zot — chin 
oppozitsiyachidir! 
Manavilar esa o‘z tarixiga tosh otishdan boshqa nimani bilmaydi. O’z o‘tmishiga 
tupurishdan boshqa narsaga kuchi yetmaydi. O’z ajdodlari sha’niga loy chaplashdan 
boshqa ish qo‘lidan kelmaydi». 
38 
Botir firqa partiyaviy o‘yladi: 
«Yetmish yil Ulug‘ Oktyabr revolyutsiyasi... deya sig‘inib keldik. Ulug‘, ulug‘... deya 
hamdu sanolar aytib keldik. Endi, Oktyabr to‘ntarishi, Oktyabr suiqasdi... degich gaplar 
chiqib qoldi. Hatto, o‘n yettinchi yil oktyabrida toj-taxt xo‘jasiz edi. Bolsheviklar bittayam 
o‘q otmay, taxtni egallab oldi, degich gaplar oralab qoldi. Yo‘q, men ishonmayman, 
yo‘q». 
Botir firqani ichini it tirnadi. Muvozanatini yo‘qotdi. Qo‘li ishga bormay qoldi. Gazeta-
jurnal titkilab boshladi. Shu hakda bir tarixiy hujjat topdi. 
Chin, 1917 yil 25-oktyabrida Nikolay II taxtini topshirib ketadi. Kerenskiy lashkar 
to‘plash uchun Pskovga jo‘nab ketadi. Oq podsho taxti xo‘jasiz qoladi! Smolniy harbiy-
inqilob qo‘mitasi a’zosi Pestkovskiy shu kuni polyak hamshahri Dzerjinskiy bilan 
uchrashib qoladi. Dzerjinskiy bu favqulodda uchrashuvdan foydalanadi. «Hozir biz senga 
mandat yozib beramiz, sen shu mandat bilan borib, pochtamptni egallaysan», deydi. 
Pestkovskiy hamshahrini topshirig‘ini bajarishga kirishadi. Yo‘lda yana bir tanishini 
ergashtirib oladi. Ikkovi yo‘lovchi mashina ushlaydi. Pochtamptni egallash uchun yo‘l 
oladi. Eng oldin qorovulxonaga kirib boradi. Askarlar bilan o‘zaro kelishib oladi. Shundan 
keyin telegraf, telefon stantsiyalarini qo‘lga oladi. 
Bittayam otishma bo‘lmaydi, bittayam qurbon bo‘lmaydi! 
Bu vaqtda o‘rtoq Lenin Fofanovlar uyi yerto‘lasida bekinib o‘tiradi. Revolyutsionerlar 
o‘rtoq Leninni taklif etmaydi. Chunki o‘rtoq Lenin bundan oldin ikki marta qo‘zg‘olon 
uyushtirib, har ikki qo‘zg‘olonni-da xarob etib edi. Shu bois, revolyutsionerlar o‘rtoq 
Leninga xabar bermaydi. Hatto... o‘rtoq Leninga bildirmaydilar. Sababi, revolyutsionerlar 
o‘rtoq Leninni... o‘ta ekstremist, deb biladi. 
Ammo-lekin o‘sha Oktyabr kechasi o‘rtoq Leninni qalbi nimalarnidir sezadi. O’rtoq 
Leninni qalbi Oktyabr revolyutsiyasi... Leninsiz g‘alaba qozonajagini tushunib qoladi. 
O’rtoq Leninni qalbi Rossiya toj-taxti... Leninsiz egallanajagini bilib qoladi. O’rtoq 
Leninsiz-a? 
O’rtoq Lenin kechani qorong‘ilatib, ko‘chaga chiqadi. Revolyutsionerlar taklif etmasalar-
da, Smolniyga o‘zi kirib boradi! 
O’sha Oktyabr kechasi soat birlarda bir to‘da revolyutsioner bosh shtab arkidan chiqib... 
imperator darvozasi tomon yuradi. 
Ular orasida mashhur Jon Rid ham bo‘ladi. 
Qishki saroy telefonchisi o‘z jurnaliga: «Taxminan uch yuz kishidan iborat delegatsiya 
saroyga yaqinlashib kelmoqda», deya qayd etib qo‘yadi. 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling