Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
39
tsivilizatsiyali latish bilan... o‘z yozuvi yo‘q chukchani... bab-baravar etib qo‘ydi. Sovet 
tuzumi Sankt-Peterburgdan Saxalingacha yoyilgan mamlakatni... bir xil etib qo‘ydi. 
Sankt-Peterbugdan Saxalingacha yoyilgan turli darajadagi xalqlarni... tenglar ichra teng 
etib qo‘ydi. Vaholanki, Ulug‘ Oktyabr revolyutsiyasigacha yolg‘iz... Sankt-Peterburg 
Yevropa tsivilizatsiyasi darajasida edi. Sovet tuzumi kelgunicha O’zbekiston... feodal 
o‘lka edi, feodal! Sovet tuzumi o‘zbek xalqi turmushiga... tsivilizatsiya olib keldi! Chin, 
bizda oldinlari-da tsivilizatsiya bor edi. Buxoroda tsivilizatsiya bor edi. Samarqandda 
tsivilizatsiya bor edi. Xivada tsivilizatsiya bor edi! U... osiyocha tsivilizatsiya edi! Sovet 
tuzumi... yevropacha tsivilizatsiya olib keldi! Ilg‘or tsivilizatsiya olib keldi! O’zi, imperiya 
tsivilizatsiya, demak! Imperiya azal-azaldan tsivilizatsiya tarqatadi. Imperiyani 
imperiya etib turuvchi qudratlardan biriyam — tsivilizatsiyadir. Shu bois, imperiyani 
qadami borgan joyga tsivilizatsiya-da boradi. Masalan, Iskandar Zulqarnayn zabt etgan 
el-yurt madaniyati gullab-yashnadi. Ikki-uch asr yashnadi! Ushbu barq urib gullagan 
davr tarihda ellinizm davri, deya nom oldi. Ana shu ellinizm davridan keyin Iskandar 
Zulqarnayn imperiyasi-da tugadi. Keyin, rimliklar Yevropaga yurish boshladi. Rimliklar... 
varvar Yevropani tsivilizatsiyaga da’vat etdi. Rimliklar varvar yevropaliklarga... 
varvarlarcha munosabatda bo‘ldi. Varvar yevropaliklarni... tsivilizatsiyalashtirdi! Ko‘p 
o‘tmadi, rimliklar imperiyasi-da barham topdi. Sovet imperiyasi-da... ana shunday 
bo‘ldi! Sovet imperiyasi... feodal o‘zbek xalqini tsivilizatsiyalashtirdi! Sovet imperiyasi... 
feodal o‘zbek xalqini... o‘ris xalqi saviyasiga ko‘tardi, ukrain xalqi saviyasiga ko‘tardi. 
Bilmadim, sovet imperiyasi bo‘lmasa... saviyamiz qanday bo‘lar edi...» 
— Yashasin sovet tuzumi! — dedi Botir firqa. — Sovet tuzumiga shon-sharaflar bo‘lsin! 
39 
U darvozadan inqillab kirdi. Tokso‘ri ostida cho‘kdi. Dami chiqmish koptok misol o‘tirdi. 
Kampiri oshxona derazasidan yuz ko‘rsatdi. 
— Keldingizmi, rais bova? — dedi.
— Charchadim, itday charchadim. 
— Yig‘ilish yaxshi o‘tdimi? 
— Dunyoni... surbet bosib ketibdi, kampir. Kechagina tug‘ilgan bolalar... shunday 
surbet, shunday bezbet! Oldi-ketiga qaramay, akillaydi. Bugunni ertasi bor, demay 
akillaydi. 
— Esi kirib qoladi. Bir to‘xtamga kelib qoladi. Oshkoralik bo‘lib, bolalar o‘zvdan ketib 
qoldi. Oshkoralik — yangilik. Odamzot yangilikni ko‘rsa, bosar-tusarini bilmay qoladi. 
— Chin, oshkoralik — yangilik. Ammo-lekin oshkoralik — shallaqilik emas. Oshkoralik 
— bezbetlik emas. 
— Zamon senga boqmasa, sen zamonga boq, deydilar. Siz zamongayam... bunday bir 
qarang-da, rais bova. Hozir hammayoq... oti nima edi? 
— Demokratiya! 
— Hammayoq... ana o‘shanaqa bo‘lib ketdi! 
— Kampir, demokratiya — konstitutsiyaga amal qilish, demakdir. Demokratiya — 
konstitutsiyaviy yashash, demaqdir. Demokratiya — qonun-qoidalarni to‘la-to‘kis 
bajarish demakdir, qonun-qoidalar chegarasidan chiqmaslik, demakdir. Bu demokratlar 
konstitutsiyani oyoqosti qilmoqda, qonun-qoidalarni yer tepkilamoqda. 
— Hali, demokratiyani... aql tishi chiqib qoladi. 
— Sen qaerdan bilasan? 
— Itga bitgan-bitga bitgan aql tishi... demokratiya-ga bitmaydimi? Bitadi, 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling