Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
41
burniniyam artib olmagan jinqarchalar... sovet tuzumi rahbarlari tagini kovlaydi. 
Bu jo‘jalar Botir firqani mazkur qiliqlarini bilib qolsa... olamga doston qiladi! Mayna qilib 
kuladi. Barmoqlarini chakkalariga nuqib-nuqib kuladi. Anavi... ana shunaqa, deya kuladi. 
El-yurt ichida yuruvsiz kuladi. 
Yo‘q, do‘xtirga borib bo‘lmaydi. Birovga-da aytib bo‘lmaydi. Ammo kampiriga aytsa 
bo‘ladi. Kampiri davosini topadi. 
Botir firqa tortina-qimtina dardini aytdi. Keyin, kampiriga ko‘z ostidan qarab-qarab oldi. 
Ko‘zlarini pirpiratib-pirpiratib qarab oldi. 
Kampiri pinak buzmadi. O’zini sokin tutdi. 
— Bilaman, bilaman... — deya ming‘illadi. 
Nimani bilasan, nimani bilasan? — deya bidilladi Botir firqa. 
— S privetom... anaqaroq bo‘lib qolganingizni. 
— He, enangni... — deya o‘dag‘ayladi Botir firqa. 
Kampiri hovliga yugurgilab chiqdi. Hovli o‘rtasida kaftini og‘ziga qo‘yib kuldi. Ko‘zlarini 
artib-artib kuldi. 
— Rais bova, nima, umr bo‘yi qirchillama yigit 
bo‘lib o‘taman, deb edingizmi? — dedi. — Qarilik 
qariligini qiladi-da. Starost — ne radost, deydilar. Hammasi yoshdan, rais bova
umrdan... 
Kampiri deraza oynasidan ko‘rib turdi: Botir firqa bolishga yonboshladi. 
Ana shundan keyin ichkariladi. Yana qochib chiqish qulay bo‘lsin uchun... eshik 
oldirog‘idan joy oldi. Tizzalariga yig‘ilib qolmish etaklarini tortib-tortib tekisladi. 
— Siz, o‘zi... kim ekanligingizni bilasizmi, rais bova? — dedi. 
Botir firqa teskari o‘girilib yotib oldi. Zarda bilan yotib oldi. 
— Bilmayman! — deya to‘ng‘illadi. 
— Siz, respublika yaratgan odamsiz, rais bova, siz respublika qurgan odamsiz! Siz 
bo‘lmaganingizda... bunday respublika qaerda edi, bunday kunlar qaerda edi? 
— Qanday respublika? — tag‘in to‘ng‘illadi. — Qanaqa respublika? 
— Qanaqa respublika bo‘lardi — mustaqil O’zbekiston Respublikasi! 
Botir firqa o‘ngiga ag‘darildi. Kampiriga qarab yotdi. 
— O’zbekiston-a? — dedi. — Mustaqil O’zbekiston-a? 
Albatta-da, rais bova. Siz bo‘lmaganingizda... bu imoratlar qaerda edi, bu yurtlar 
qaerda edi? 
Botir firqaga... jon kirdi! Qimir-qimir to‘lg‘ondi. Ohista-ohista turdi. Kampiriga qarab 
o‘tirdi. 
— Ko‘p gapirma-da, achchiq choy damlab kel, — dedi. 
Kampiri darrov turdi. Kalishlarini oyokdariga ila-ila yugurgiladi. Choy damlab keldi. 
Dasturxon yozdi. 
Botir firqa chordana qurib o‘tirdi. Chap qo‘lini tizzasiga tiradi. Baqaloq shishirdi. Tomoq 
qirdi. Qi-roat bilan yo‘taldi. Saltanat bilan yo‘taldi. 
Amaldorona-amaldorona choy ho‘pladi. Mansabdorona-mansabdorona choy ho‘pladi. 
O’ziga-o‘zi haykal qo‘ydi: — Erkak... xudoni yerdagi payg‘ambari! — dedi. 
Kampiri dasturxon bir burchida mung‘ayib-mung‘ayib qarab o‘tirdi. Cholini og‘ziga 
qaradi. Cholini peshonasiga qaradi. Cholini piyolasiga qaradi. 
Kampiri amaldordan pensiya so‘rab kelgan mushtipar misoli... mo‘ltirab-mo‘ltirab qarab 
o‘tirdi. 
Botir firqa ko‘rsatkich barmog‘ini kampiri tarafga nish etdi. 
— Mana, sen! — dedi. — Tiling bor-a? 
— Til? Til, bor, ha, til bor! 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling