Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
40
demokratiyani-da... esi kirib qoladi. 
— Nima ovqat qilyapsan? 
— Jiyaningiz qishloqdan zig‘ir moy olib keldi. Shuni chuchityapman. 
Shu vaqt ayvonda telefon jiringlab qoldi. Kampiri oshxonadan hadahalab keldi. Botir 
firqani qo‘ltig‘idan oldi. 
— Moyimga qarab turing, rais bova, — dedi. — Bo‘ling-bo‘ling! Men telefonni olay. 
Turing-turing! 
— He... 
Botir firqa so‘kinib-so‘kinib qimirladi. 
Oshxonadan... dimog‘ini zig‘ir moy isi oldi. Horg‘in tani tetik bo‘ldi. So‘lg‘in ruhi quvvat 
oldi. 
Qozon boshida tik turay dedi. Bo‘lmadi — oyoqlari holsizlandi. 
Osma radio osti stulchaga o‘tirdi. Devorga suyandi. Devorga boshini qo‘ydi. 
Nutq so‘zlovchi radio birdan tindi. Birdan gulduros qarsaklar bo‘ldi. Sovet Ittifoqi gimni 
yangradi.
Botir firqa... lik etib turdi. Yoqalarini tuzatdi. O’ngirlarini tortib qo‘ydi. Qo‘llarini yonlariga 
bosdi. Qomatini rostladi. Boshini tik-tik tutdi. Shiftga tikilib... qotib qoldi. 
Oshxonani tutun oldi. Oshxonani moy isi oldi. Moy isi... dimoqni quydirdi. 
Kampiri shang‘illab kirib keldi. 
— Voy o‘ldim, voy o‘libgina qoldim, — deya shang‘illadi. 
Kampiri pitir-pitir etib, gazni o‘chirdi. Sovet Ittifoqi gimni-da sob bo‘ldi, qozon to‘la zig‘ir 
moy-da sob bo‘ldi. 
— Qozon shunday qoshingizda edi-ku, rais bova. Shunday kelib, qarasangiz... 
qadamingiz kira tilaydimi? 
— SSSR gimni yangraganda... qozonga balo bor-mi? 
— Zig‘ir moyim kuyib ketdi-ya, zig‘irgina moyim kuyib, ado bo‘ldi-ya! Ha, o‘sha 
ashulangizga kuydirgi chiqsin, ashulaginangizga kuydirgigina chiqsin! 
— Men masalaga partiyaviy yondashaman, partiyaviy! 
40 
Botir firqa... o‘ziga-o‘zi gapirgich odat chiqardi. O’zi gapirib-o‘zi eshitgich odat chiqardi. 
Uzi gapirib-o‘zi kulgich odat chiqardi. 
Bu odatini oldin o‘ziyam bilmadi. O’ylab ko‘rmadi. E’tibor bermadi. Keyin bilib qoldi. 
Biddi-yu... vos-vos kunda qoldi. 
— Tentak-pentak bo‘lib qolgan bo‘lsam-a? — dedi. — 
Bo‘lmasa, odam o‘ziga-o‘ziyam... gapiradimi? 
Botir firqa tevarak-atrofiga alang-jalang bo‘ldi. Tevaraqda odamzot yo‘q bo‘ldi. 
— Xayriyat, birov yo‘q. Bo‘lmasa, bechora partiya ishida ishlab-ishlab, esini... yeb 
qo‘yibdi, der edi. Xudoni o‘zi ko‘rsatibdi, der edi, — dedi. — Baribir, esimni... yeb 
qo‘yganimni hech kim isbot qilolmaydi. Kimda-kim og‘zini ochsa... men senga 
gapirganim yo‘q, deyman...
Botir firqani bir ko‘ngli, do‘xtirga bor, dedi. Ammo bu fikridan qaytdi. Do‘xtir xalqini og‘zi 
bo‘sh bo‘ladi. Birovga aytib qo‘yadi. Oqibati yomon bo‘ladi. 
Boisi, zamon yomon: sovet tuzumida kim amaldor bo‘lsa — o‘sha odam maraz. Sovet 
tuzumida kim mansabdor bo‘lsa — o‘sha odam mal’un. Sovet tuzumi raisi — muttaham. 
Sovet tuzumi direktori — ablah. 
Kechagina tuxumdan chiqqan zumrashalar... sovet tuzumi arboblari tagini kovlaydi. Hali 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling