Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
38
Ana shu delegatsiya qish uchun g‘amlab qo‘yilgan o‘tinlar uyumi ustidan o‘tib... darvoza 
oldiga keladi. Ammo darvoza berk bo‘ladi. Bir revolyutsioner shu yaqinda joylashgan 
Preobrajenskiy polki kazarmasiga yo‘l oladi. Revolyutsioner kazarmadan lom so‘raydi. 
Polk soqchisi esa: «Polk uxlayapti, senlar bo‘lsa, revolyutsiya qilaman, deya ivirsib 
yuribsan», deya so‘kib beradi. 
Shunday bo‘lsa-da, revolyutsionerlar kechasi soat bir yarimlarda bir amallab darvozani 
ochadi. Qishki saroyga kirib boradi. Saroy ichida bir soatcha... daydib yuradi. Nima 
qilishlarini bilmaydi. Oxir-oqibat, Qishki saroy ichida... adashib qoladilar! 
Botir firqa ushbu hujjatni o‘qib, tevarakka qaradi! Tevarak jimjit bo‘ldi, odamzot yo‘q 
bo‘ldi! 
Tag‘in hujjatga qaradi: barcha satrlar chin. Barcha so‘zlar chin. Barcha harflar chin. Ana, 
manaman, deb turibdi. Ana, askarday saf tortib turibdi. O’chirg‘ich bilan o‘chirsa 
o‘chmaydi. Olmos bilan tirnasa, ketmaydi. 
Bu sovuq satrlarni qanday yo‘qotsak bo‘ladi? Bu qop-qora harflardan qanday qutulsa 
bo‘ladi? 
Botir firqa gazetani oldin to‘rt buklab yirtdi. Keyin, ikki buklab yirtdi. Tag‘in mayda-
mayda etmoqchi bo‘ldi. Ammo qurbi yetmadi. Gazetani qulochkashlab, paqirga otdi. 
Gazeta ustidan... og‘zini to‘ldirib-to‘ldirib tupurdi. Tomog‘ini qirib-qirib tupurdi. Gazeta 
ustidan... burunlarini qoqib-qoqib tashladi. 
Bir piyola sovuq suv ichdi. O’zini bosolmay entikdi. Og‘ir-og‘ir entikdi. Paqirga tikilib 
qoldi. 
Nazarida, gazeta paqir ichidan... chiqib kelajakday bo‘ldi. Odamlar orasida qo‘lma-qo‘l... 
o‘qilajaqday bo‘ldi. 
Botir firqa shahd bilan qo‘zg‘oldi. Qahr bilan gugurt chaqdi. G’azab bilan gazetani... 
yoqdi! 
«Ana, ana endi birov o‘qib bo‘pti, — dedi. — Mendan boshqa birov o‘qib bo‘pti. Men esa, 
tuya ko‘rdingmi yo‘q». 
U ana shunda gazeta nusxasini esladi. Gazeta... uch million nusxada bo‘ldi. Yana-
tag‘in... Moskvani gazetasi bo‘ldi. 
Shunday bo‘lsa-da, o‘z-o‘zidan ko‘ngli to‘ldi. O’z-o‘zidan minnatdor bo‘ldi. Ich-ichidan 
orom topdi. Ich-ichidan taskin topdi. 
«Men o‘z partiyaviy burchimni bajardim, — dedi. — Bitta g‘alamislikni yo‘q qildim. Bitta 
fisq-fasodni tor-mor etdim. Hali yana... o‘n sakkiz million kommunist bor. Uch millionta 
gazeta o‘n sakkiz million kommunist oldida nima degan gap? Ishonamanki, mening o‘n 
sakkiz million kommunist safdoshlarim ana shu uch millionta gazetani... burda-burda 
qilib tashlaydi! Yashasin va yashnasin, Ulug‘ Oktyabr sotsialistik revolyutsiyasi!» 
— Ura-a-a! — deya xitob etdi. 
Xitobdan uy ichi zir-zir etdi. Deraza tokchasida turmish musicha pirillab uchdi. 
Botir firqa bosib-bosib choy ichdi. O’zini bosib oldi. 
Peshona terlarini arta-arta yotdi. Chalqancha yotdi. Dastro‘molini peshonasiga qo‘yib 
yotdi. Ko‘zlarini yumib yotdi. 
U endi zamonaviy o‘yladi. Qayta quruvchilarcha o‘yladi. Demokratlarcha o‘yladi. 
«Zamon senga boqmasa, sen zamonga boq, deydilar, — dedi. — Xo‘p, anavi qayta 
quruvchi shoirlarcha o‘ylaylik, deylik. Chin, Ulug‘ Oktyabr revolyutsiyasi... qaysi bir 
yurtlar uchun inqiroz bo‘ldi, qaysi bir xalqlar uchun fojia bo‘ldi. Masalan, Boltiqbo‘yi 
respublikalari uchun... inqiroz bo‘ldi. Boltiqbo‘yi xalqlari uchun... fojia bo‘ldi. Boisi, 
Boltiqbo‘yi yurtlari Yevropa mamlakatlari edi, tsivilizatsiya o‘lkalari edi. Litva nemisdan 
qolishmas edi. Latish inglizdan, eston frantsuzdan kam emas edi. Sovet tuzumi ana shu 
tsivilizatsiyali Boltiqbo‘yi respublikalarini... ko‘p qatori kilib qo‘ydi. Sovet tuzumi 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling