Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
36
ajabtovurlikda emasmikin? Ana shu chirq-chirq... tovushdan emasmikin? Chin aytaman
kampir, bechora Lenin na... tiriklar orasida bor, na... o‘liklar orasida bor. 
36 
Botir firqa qayta quruvchi demokratlarni... uch toifaga bo‘ldi. Uch avlodga bo‘ldi. 
O’z topqirligidan o‘zi quvonib oldi. O’z topqirli-gidan o‘zi... seskanib oldi! 
«Bu avlod o‘z o‘rnini topmagan avlod. Bu avlod hamiyatga muhtoj avlod, — dedi Botir 
firqa. — Birinchi avlod... yetti-o‘n sakkiz yoshlilar avlodi. Bu yoshdagilar... bozorda 
olibsotarlik qiladi. Ko‘cha-ko‘yda savdo-sotiq qiladi. Saqich sotadi. Aroq sotadi. 
Bekatlarda yo‘lovchi mashinalarni yuvib, pul ishlaydi. Transportlarda cho‘ntak qirqadi. 
Ko‘cha-ko‘yda xotin-qizlar taqinchog‘ini qulog‘idan yulib qochadi, bo‘ynidan shilib 
qochadi... 
Ikkinchi toifa avlod — o‘n sakkiz-o‘ttiz yoshlilar avlodi. Bu avlod... mafiya avlod, reket 
avlod. Bu avlod xolidan bitta mashina olib qochish uchun... tuqqan onasini beradi, 
nikohidagi xotinini beradi. Xonadondan bitta videomagnitofon o‘g‘irlab chiqish uchun... 
aziz jonini beradi, gulday umrini beradi... 
Uchinchi toifa avlod — o‘ttiz-qirq besh yoshlilar avlodi. Bu avlod... hayotdan ko‘p 
narsalarni xohlab edi. Ko‘ksini to‘ldirib orzu-havaslab edi. Og‘zini to‘ldirib o‘y-niyatlab 
edi. Bu avlod... mansabdor bo‘lmoqchi edi, amaldor bo‘lmoqchi edi, shon-shuhrat taxtiga 
o‘tirmoqchi edi. Bu avlod... Abdulla Qodiriy bo‘laman, deb edi, Chingiz Aytmatov 
bo‘laman, deb edi, Abdulla Oripov bo‘laman, deb edi. Oyni ko‘zlab edi, yulduzni ko‘zlab 
edi... 
Oxir-oqibat, bu avlod... qayta quruvchi demokrat bo‘ldi. Ammo-lekin hayot uchun kullan 
ziyon avlod bo‘ldi. Xalq uchun xavf-xatar avlod bo‘ldi. 
Boisi — bu avlod... omadsiz-omadsiz avlod! Alam-zada-alamzada avlod! 
Bu avlod... havoda muallaq osilib qoldi. O’z kasb-kori bo‘yicha uyoqlik-da bo‘lmadi, 
buyoqlik-da bo‘lmadi. Arosatda qoldi! Oqibat g‘ayir avlod bo‘lib qoldi!» 
37 
«Xo‘p, qayta quruvchi demokratlarchalik ham boraylik, — dedi Botir firqa. — Mayli, 
shularniyam sazasi o‘lmasin. Qayta quruvchilar sovet tuzumi... joyi-da yangi jamiyat 
quramiz, deydi. Xo‘p, qur! Tag‘in aytaman — qur! 
Ammo-lekin qani o‘sha yangi jamiyat? 
Jamiyat misoli bir imorat bo‘ladi. Eski imoratni buzishdan oldin yangi imoratni qurish 
kerak bo‘ladi. Bo‘lmasa, buzuvchi xaroba imorat ichida qoladi. Yomondan-yomoni — 
buzuvchi vayron imoratda qolishini-da bilmaydi, hali bitmagan imoratga ko‘chib o‘tishini-
da bilmaydi. Arosatda qoladi. Arosatdan yomoni yo‘q! 
Chin, biz dunyoda birinchi bo‘lib sotsialistik jamiyat qurib edik. Sovet tuzumi qurib edik. 
Yangi tuzum tamal toshini qo‘ymasdan — eskisini buzib edik. Qo‘limizga qurol olib edik. 
Yelkamizga bayroq ko‘tarib edik. Boshimiz uzra shior hilpiratib edik. 
Ammo-lekin bizda... marksizm-leninizm utopiyasi bor edi, marksizm-leninizm utopiyasi! 
Chin, marksizm-leninizm o‘z oti o‘zi bilan utopiya edi. Ammo-lekin utopiya bo‘lsa-da... 
bor edi-da, bor! 
Manavilarda esa... utopiya-da yo‘q! Aqalli, utopiyagina-da yo‘q! 
Yana-tag‘in, o‘zlarini: oppozitsiya, oppozitsiya, deydi.


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling