Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod www.ziyouz.com
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
34
Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod www.ziyouz.com kutubxonasi 32 Tong sahar — sut oqarmagan vaqt. Tong sahar — oq ip bilan qora ipni ajratib bo‘lmas vaqt. Botir firqa ziroat suvladi. Shlang bilan nastarlariga sachratib suv sepdi. Atirgullariga sachratib suv sepdi. Suvni tok jo‘yasi boshidan oqizib qo‘ydi. O’zi ziroat aylandi. Sahar salqin bo‘ldi. Suvli ziroat sahardan-da salqin bo‘ldi. Shu vaqt ko‘chadan ikkita oppoq soya o‘tdi. Soyalar ziroat qabatlab-qabatlab o‘tdi. Gangir-gungir gaplashib o‘tdi: — Manavi bog‘da kimdir yuribdi. — Qim bo‘ladi, egasi-da. — O’zi, kimni bog‘i bu? — Esonov degan bor-ku, o‘shaniki. — Ha, Qizil deng, Qizil! — Kizilki... aytgili yo‘q. Qizil Bayroq! — Shugina Qizilda olam-jahon bog‘ bor-a? — Qizillar umrida qo‘lini sovuq suvga urmagan. Avom xalqni ishlatib bog‘ yaratgan. Oppoq soyalar o‘tib ketdi. Botir firqa ularni ketidan qarab qoldi. «Ajabo, bular nega bunday oppoq, libosda yuribdi? — deya o‘yladi. —Arvoh-a, arvoh. Uzi, bular bemahalda qaerdan kelyapti?» Ichkari kirdi. Ko‘rganlarini kampiriga aytib berdi. — Bilaman, ko‘zim tushgan, bilaman,— dedi kampiri. — Arvohga o‘xshaydi-ya? Og‘iroyoq ayol duch kelsa... bo‘yidan tushirib qo‘yadi. — Hammayoq musulmonobod bo‘lib ketdi, rais bova, musulmonobod bo‘lib ketdi. Musulmonlar ana shunday kiyinadi. Sizgayam shunaqa ust-bosh olib beraymi? — O’zi, u qanaqa kiyim bo‘ldi? — Oppoq ishton-ko‘ylak. Nima qipti? — Boshidagi... tuvakka balo bormi? — Tuvak? — Ha, yosh bolani tagiga qo‘yadigan tuvak. Kampiri hiring-hiring kuldi. Tizzasiga urib-urib kuldi. — Takya, rais bova, takya! — dedi. — Takya? U nima endi? — Musulmonchilik belgisi. — Endi, shularni kiymasa nima qipti? — Takya kiymasa musulmon bo‘lmaydi, rais bova. Olib ber, desangiz, olib beraman. — Ularni kiyib nima qilaman? — Musulmon bo‘lasiz, nima qilardingiz, musulmon bo‘lasiz. — T-fu-u-u! Kampirini dami ichiga tushdi. Darhol gapni burDI. — Aytdim-qo‘ydim-da, rais bova, — dedi. — Siz katta odamsiz, partiya veteranisiz. Sizga yarashmaydi. Botir firqa kampirini gapidan tinchlandi. O’zicha bosh irg‘adi. — O’zi, bu bolachalar tong saharda nima qilib yuribdi? — dedi. — Choyxonada azon namozi o‘qib kelyapti. — Azon namozi? Shular namoz o‘qigich bo‘ldimi? Men bularni bilaman. Bular eski |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling