Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
31
Bosh vrach, raykom gapimni qo‘llayapti, deya o‘yladi. Gapida davom etdi: 
— Mana bular - partiya-hukumat rahbarlari hayotiga suiqasd qilmoqchi bo‘lganlar. 
Partiya-sovet arboblarini haqorat qilganlar. Kommunistik partiya biletini yirtganlar. 
Tabiblikni da’vo kilganlar. Uchar tarelkalar bilan Qor odamni targ‘ib qilganlar. Sovet 
organlari ishiga qarshi chiqqan nonko‘r yuristlar... Mana bular esa - haqiqatsevarlar. 
— Kim-kim? 
— Haqiqatsevarlar, adolatparvarlar. Siz shoir-shoir deysiz. Mana shu palatada... 
general yotibdi, general! 
— General? 
— Ha, sovet generali. General Grigorenko, Grigorenko! 
Botir firqa matbuot xabarlarini esladi: general Grigorenko Moskvada — partiya 
konferentsiyasida so‘zga chiqib, KPSS faoliyatini keskin tanqid qiladi. Shundan keyin 
KPSS general Grigorenkoni partiyadan o‘chiradi. Uzoq Sharqqa surgun qiladi. Shu 
vaqtda Novocherkasskda ishchilar o‘z haq-huquqlarini talab qilib, namoyish o‘tkazadi. 
KPSSni buyrug‘i bilan harbiylar... namoyishchilarni otadi. Ushbu fojiani partiya-hukumat 
bekitadi. General Grigorenko esa, ana shu fojia tafsilotini... varaqa qilib tarqatadi! 
General Grigorenkoni bu ishi KPSSni g‘azablantiradi. Bir yig‘ilishda KPSS Markaziy 
Komiteti sekretari o‘rtoq Suslov: «Grigorenko jinni», deb yuboradi. O’rtoq Suslovni ana 
shu gapi... sovet meditsinasi uchun diagnoz bo‘ladi! General Grigorenkoni Moskvadagi 
Serbskiy nomli institut ekspert-psixiatrlariga jo‘natadi. Professorlar: «General 
Grigorenko paranoyya ko‘rinishli ruhiy kasal», deb diagnoz qo‘yadi. Davolash uchun 
Leningradga yuborgandi. Yaqinda esa, Toshkentga jo‘natdi. 
— Shunday zot... shu yerda yotibdimi-a? — dedi Bo-tir firqa. 
— Ha, ichkarida yotibdi. Endi, Toshkent Kremldan yiroqroqda. Bu degan so‘z, general 
Grigorenko sovet xalqi nazaridan olisda, chet el matbuotidan olisda, jahon ommasi 
e’tiboridan olisda, degan so‘z. 
— Ammo-lekin ana shu general halol kommunist, deyishadi. Beyoziqdan-beyoziq 
yotibdi, deyishadi. 
— Bo‘lsa bordir. Lekin KPSS diagnoz qo‘ygan! O’rtoq Suslov: «Grigorenko jinni», deb 
aytgan! Ana, bizda kimlar davolanyapti! Siz bo‘lsa, shoir-shoir, deysiz. Shoiringiz kim 
bo‘pti? 
— Davolash kerak, jamiyatimizga sog‘lom kommunistlar zarur, davolash kerak. 
— Davolayapmiz, sovet meditsinasining so‘nggi yutuqlari asosida davolayapmiz. 
Botir firqa kasalxonaga qaray-qaray yurdi. Kasalxonaga qaray-qaray mashinaga o‘tirdi. 
«Qabriston, qabriston! — dedi Botir firqa. — Bu kasalxona emas, tirik insonlar 
qabristoni. Asl qabristonga o‘lik insonlarni ko‘madi, bu qabristonga... tirik insonlarni 
ko‘madi». 
33 
Brejnevdan keyin SSSR ostin-ustin bo‘ldi. 
Sharof Rashidovdan keyin... O’zbekiston alg‘ov-dalg‘ov bo‘ldi. 
El-yurtda: qayta qurish, demokratiya, shariat so‘zlari oralab qoldi. 
Zamon qaltis keldi. Do‘ppi tor keldi. 
Botir firqa o‘z arizasi bilan... pensiyaga jo‘nadi. 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling