Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Partaktivlarga tupurdi. Tuf-tuf, dedi
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
Partaktivlarga tupurdi. Tuf-tuf, dedi. — Nu-nu! Men bu bolada ruhiy kasallik alomatlarini qo‘ryapman, ruhiy kasallik! — Uzini burjuyman, dedi. — Burjuy? — Razvedkachiman, deb ko‘kragiga urdi. — Razvedkachi? Qanaqa razvedkachi? — Razvedkachi bo‘lgach, kapitalistik bo‘ladi-da! Sotsialistik bo‘ladimi? — Demak, jinni! Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod www.ziyouz.com kutubxonasi 27 — Kapitalizm jamiyatiga simpatiyasi bor ekan. Chet elga qochib ketmoqchi bo‘ldi. Rajabov sapchib turdi. Galstugini tortqiladi. Bo‘ynini bo‘shatdi. Qo‘llarini shimi cho‘ntagiga soldi, — «Chet elga» qochib ketmoqchi bo‘ldi? — deya, olako‘z bo‘ldi. — Pryamo, sud zalidan... chet elga qochmoqchi bo‘ldimi? Kommunist Ibodov, o‘ylab gapiryapsizmi? — Chet elga... ketaman, dedi. — «Ketaman» deyish boshqa, o‘rtoq Ibodov, qochib ketmoqchi bo‘lish boshqa! — Ishqilib, kommunistik partiyaga oshkora tupurdi. Burjuaziya dunyosiga simpatiyasini tantanavor namoyish etdi. — Nu-nu, haqiqiy jinni! — Butun partaktiv oldida, afkor omma oldida shunday qildi. — Jinni, jinni! Jinnini joyi — jinnixona! 31 Raykomni mashinasi bahaybat darvoza oldida bel bo‘ldi. Mashinadan Botir firqa tushib keldi. Darvozani tomosha etdi. Darvoza qop-qora bo‘yoqlik bo‘ldi. Darvoza avtomat bilan boshqarildi. Ochilsa — chap tarafiga kirib yo‘qoldi. Yopilsa — tag‘in qaytib keldi. Darvoza ovozidan — darvoza cho‘yandan bo‘ldi. Darvoza o‘ng yonboshida qabulxona bo‘ldi. Darvoza bilan qabulxona orasida o‘tish yo‘lagi bo‘ldi. Io‘lak bilakday trubalar bilan o‘rog‘lik bo‘ldi. Io‘lak boshida ikkita oq xalatli yigit o‘tirdi. Oq xalatli yigitlar avzoyidan... yo harbiy, yo melisa bo‘ldi. Qabulxona devorida: «...psixonevrologicheskaya bolnitsa» bitikli viveska bo‘ldi. Oq xalatli yigitlar Botir firqani hujjatini tekshirib ko‘rdi, yuz-ko‘zlarini qarab ko‘rdi. Birovi Botir firqani ichkari ergashtirib jo‘nadi. Bosh vrach qabuliga olib bordi. Bosh vrach oyoqqa qalqidi. Boshliqning kreslosiga... Botir firqani o‘tirg‘izdi. O’zi pastdan joy oldi. Maktab o‘quvchisi misol itoatkor tikilib o‘tirdi. Botir fira raykomona gap ochdi: — O’rtoq Mirzaev, vaqt ziq, maqsadga o‘tamiz. Bir jurnalistimiz shu yoqqa tushib qolibdi. Familiyasi Madiev. — Bor, Madiev bor. Klara, bemor Madievning kasallik varaqasini olib keling! Hamshira bemor Madievni kasallik daftarini olib keldi. — Mana, Madiev Mirza — 1948 yidda tug‘ilgan, — o‘qidi bosh vrach. Diagnoz: shizofreniya paranoialnыy sindrom. Reaktivnыy psixoz. Depressivno-paranoidnыy sindrom. — Iya-iya... — deya ajablandi Botir firqa. — Qanaqa-qanaqa? — Maniakalno-depressivnsh psixoz. Vyalo protekayushaya shizofreniya. — O’rtoq bosh vrach, men partiya rahbariman. Bir so‘z bilan aytsak, men masalaga partiyaviy yondashaman. Siz ham masalaga partiyaviy yondashib, meditsina terminlarini Download 420.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling