Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
partaktiv hushtaknamo ovoz chiqardi. — Qanday naglost!
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
partaktiv hushtaknamo ovoz chiqardi. — Qanday naglost! — Valakisalang, valakisalang! — Etika yo‘q, etika! Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod www.ziyouz.com kutubxonasi 25 — Siyosiy ko‘rlik bu, siyosiy ko‘rlik! — Bundaylarga partiya safida o‘rin yo‘q! Madiev chuchukso‘z-chuchukso‘z bo‘ldi. Madiev tavallo-tavallo etdi. — Xo‘p, ustozlar, xo‘p. Tavba, ustozlar, tavba, — dedi. — O’zi, nima gap? Men tushunmayapman, o‘zi, nima gap? Sud raisi ruchkasini Madievga nish etdi. — Sudlanuvchi, qora kursingizga o‘tiring! — dedi. Aybdorni shaxsiy ishi muhokama bo‘ldi. Birinchi bo‘lib oblast partiya komitetini ideologiya sekretari so‘z oldi: — Hurmatli jamoatchilik sudi, muhtaram rais, partiya aktivlari! Marksizm-leninizm sotsial-siyosiy taraqkiyot sohasida shahar bilan qishloq o‘rtasidagi, jismoniy mehnat bilan aqliy mehnat o‘rtasidagi muhim tafovutlarni bartaraf etish, sotsialistik millatlarning bir-biriga yanada ko‘proq yaqinlashuvi, maorif sistemasini takomillashtirish va madaniyatni o‘stirish, davlatni mustahkamlash, sotsialistik demokratiyani takomillashtirish sohasidagi problemalar — aktual problemalar bo‘lmoqtsa. Burjua va revizionistik ideologiyaga qarshi murosasiz kurash masalalari, mehnatkashlarni kommunistik ruhda tarbiyalash, ularning markscha-lenincha dunyoqarashini shakllantirish masalalari birinchi darajali muhim problema bo‘lmoqda... Ana shunday bir sharoitda, kommunist Madievning xatti-harakati — burjuacha xatti-harakat bo‘lib qolmoqda. Kommunist Madievning xatti-harakati — partiya-sovet rahbariyatiga, shaxsan o‘rtoq Rajabovga nisbatan hurmatsizlik bo‘lib qolmoqda! Madiev sapchib turdi. Madiev tutaqdi. Madiev jig‘ibiyron bo‘ldi. — Qanaqa burjuaziya?! Qanaqa hurmatsizlik?! Aytsalaringiz-chi, o‘zi, nima gap?! — deya bobillab-bobillab berdi. Madiev Botir firqaga ko‘z tikdi. Iltijo bilan ko‘z tikdi. Panoh so‘rab ko‘z tiqtsi. Botir firqa... zalga tikildi. Botir firqa... pinak buzmadi. Botir firqa... kiprik qoqmadi! - Zaldan orden-medallik bir keksa kishi qo‘l ko‘tardi. So‘z berishlarini poylamadi — qo‘l ko‘tarib chiqib keldi. Madievni yelkasidan bosib o‘tirg‘izdi. Jerkib-jerkib o‘tirg‘izdi. — Picha tiyilsang-chi, qanaqa bolasan, o‘zi? Onang-ni ichida qanaqa yotgansan, o‘zi? — deya jerkidi. — Mana, quloq sol: partiya-sovet rahbarlariga, osobenno, birinchi shaxsga bunaqa telegramma jo‘natish mumkin emas. Birinchi shaxsga: «Ya zaderjivayus», deyish o‘ta haqorat bo‘ladi, o‘ta surbetlik bo‘ladi. «Nachalstvo ne opazdivaet, a zaderjivaetsya», degan gap bor-ku? Hamma gap shundan kelib chiqmoqtsa! Sen o‘zi kimsan-ki, «zaderjivat» qilasan? Sen bilan biz faqat «opazdnvat» qilamiz, faqat ayb qilamiz. Partiya-sovet rahbariyati, osobenno, birinchi shaxs kechikmaydi, ayb ham qilmaydi! Sen: «Ya zaderjivayus», degan telegrammang bilan o‘zingai... birinchi shaxs qilib qo‘ygansan. Birinchi shaxs o‘rtoq Rajabovni esa... peshka qilib qo‘ygansan, peshka! Endi tushundingmi? Oblast komsomol komitetini birinchi sekretari gapirdi. Oblast gazetasini bosh redaktori gapirdi. Aybdorni jazolash uchun takliflar muhokamasi bo‘ldi. Gap... o‘zgacha to‘n kiydi: — Strogiy vigovor berilsin! — Ishdan haydalsin! Madiev chidab o‘tirolmadi. Vajohat bilan turdi. Te-varakka olazarak qaradi. Xunibiyron qaradi. Pish-pish entiqdi. Pish-pish nafas oldi. — Shu ikkita so‘z uchun ishdan haydaysizlarmi? — deya pishilladi, — Shu ikkitagina so‘z uchun-a? Madiev chuchuk so‘z tilab... Botir firqaga mo‘ltiradi. Mute-mute mo‘ltiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling