Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


  Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod  www.ziyouz.com


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

35 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
34
U, televizorga... o‘ta iltifotli edi! Televizorni buragichdan o‘chirar edi. Stabilizatordan 
o‘chirar edi. Ustidan baxmal yopib qo‘yar edi. 
— Bamisoli kelin, kelin! — der edi. 
Bugun... shahd bilan turdi. Shahd bilan bordi. Rozetkani changallab ushladi. Silkilab 
tortdi. Rozetkani qulochkashlab otdi. 
Rozetka bir burchakka tarsillab tushdi. 
Televizor bir aylanib... ana shu burchakka yuz burib qoldi! 
Kampiri eshiqdan yuz ko‘rsatdi. 
— Ha, rais bova? — dedi. 
— Choy! — deya baqirdi. Kampiri choy damlab keldi. 
Tinchlikmi, rais bova? — dedi. 
Botir firqa yonboshladi. Oyoqlarini uzatdi. 
— O’lmagan jon ko‘rar ekan! — dedi. 
— Ha, yana nima gap? 
— Gap ko‘p! Moskvalik qayta quruvchilar o‘rtoq Leninni mavzoleydan olib chiqib 
tashlash tashabbusi bilan chiqibdi. Shuni televizorda ko‘rsatdi. 
— Ye tavba, Leninni-ya? Leninday bir zotni-ya? 
Qayoqqa olib chiqib tashlar emish? 
Kim biladi, qayoqqa olib chiqib tashlaydi. Birovi, Lenin kommunistlar qabristoniga 
ko‘milsin, dedi. Birovi, Novodeviche qabristoniga qo‘yilsin, dedi. 
— Sizningcha, qaerga qo‘ygani ma’qul? 
— Masalaga partiyaviy yondashadigan bo‘lsak, o‘rtoq Leninni Volkovskiy qabristoniga 
qo‘yish kerak. Leningradda ana shunday qabriston bor. O’rtoq Leninni onasi bilan 
singlisiyam ana shu qabristonda yotibdi. Hayotligida o‘rtoq Leninni o‘ziyam ana shunday 
vasiyat qilib edi. 
Botir firqa tokchadan Lenin haqidagi kitobni olib keldi. Bir boshdan varaqladi. Leninni 
rasmlarini tomosha etdi. Lenin mavzoleyi rasmini kampiriga ko‘rsatdi. 
— Ana, KPSS o‘ylab topgan qasr, — dedi. — Ana, KPSS qurgan qasr. Qasr 
bo‘lgandayam, san’at qasri. Partiya san’ati qasri! Sehrli qasr, sirli qasr. Ana shu qasrda 
buyuk Lenin yotibdi. Bir o‘zi adyolga o‘ralib yotibdi. Mavzoley — KPSSni ilohiy qudrati. 
Shu ilohiy qudrat bor ekan — KPSS ruhi hukm suradi. KPSS mangu yashaydi! KPSS 
yulduzi mangu porlaydi! 
Porlaydi, porlaydi. 
— O’rtoq Lenin hayotbaxsh zot edi, umidbaxsh zot edi. Masalan, hamma ish o‘nglab 
bo‘lmas darajada pachava bo‘lar edi. Oqibat, hamma o‘zini yo‘qotib qo‘yar edi. Ammo-
lekin o‘rtoq Lenin o‘zini yo‘qotmas edi. U kishi, eng avvalo, dushmanlarini xatosini poylar 
edi. Go‘yo, taqdirga tan bergan kishi bo‘lib turar edi. Dushmanlari xatolikka yo‘l qo‘ydimi 
— o‘rtoq Lenin birdan oyoqqa turar edi. Dushmanlari xatosidan o‘z vaqtida, unumli 
foydalanar edi. O’rtoq Lenin dushmanlarini xatolari tufayli zafar qozonar edi. O’rtoq 
Lenin omadli zot edi. Omad deganlari hammaga ham nasib etavermaydi. Eng oxirigacha 
chiday olgich zotlargagina omad nasib etadi. Boshi berk ishlarda ham eng so‘nggi 
daqiqagacha kurasha olgich zotlargagina omad nasib etadi. O’rtoq Lenin ana shunday 
zot edi! Shu bois, o‘rtoq Leninga hamisha omad yor edi. 
— Lenin o‘z oti o‘zi bilan Lenin-da. 
— Mana endi, kommunistlar bitta-bittadan taslim bo‘lmoqda. Birov qo‘shqo‘llab ishini 
topshirmoqda. Birov qo‘shqo‘llab partiya biletini topshirmoqda. Sadqai kommunist degan 
nom ketgurlar. Sadqai inson degan nom ketgurlar. Yo‘q, men oxirigacha boraman. Men 
oxirigacha kurashaman! 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling