Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet45/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
45
sharofati, ana!» 
Odaticha, saroy bir burchidan joy oldi. Tevarak-boshdagilar bilan bosh irg‘ab salom-alik 
etdi. 
«Sovet hukumati... yetmish yilda yetolmagan yutuqqa, qayta qurishni dastlabki 
kunlaridayoq... yetdilar! — deya fikrladi Botir firqa. — Ha, jamiyat qayta qurilyapti. 
Yangi hayot boshlanyapti. Ha, o‘zbek xotin-qizlari qayta hayot quryapti. Bu tahsinga 
loyiq. Ana buni qayta qurish desa bo‘ladi». 
Xotin-qizlar biri qo‘yib, biri minbar ko‘tarildi. Birovi Orolni himoya etdi. Birovi tabiatni 
muhofaza etdi. Birovi atrof-muhitni ifloslanishiga qarshi nutq so‘zladi. Birovi alyumin 
zavodiga qarshi bong urdi. 
«Mana shular... qozon-tobog‘idan beri kelmas edi, — dedi Botir firqa. — Ana endi... o‘s, 
o‘zbek xotin-qizlari, o‘s! Olg‘a, o‘zbek xotin-qizlari, olg‘a! Barchasi... Ulug‘ Oktyabr 
sotsialistik revolyutsiyasi tufayli. Barchasi... sovet tuzumi tufayli». 
8 mart yig‘ilishini boshqarib boruvchi aytdi: 
— Endi so‘z, otashnafas qayta quruvchimiz, demokratiya bayrog‘ini boshi uzra ko‘tarib 
yuruvchimiz... Dilbar Mirzaxo‘ja qiziga! 
Baland peshtoqli deraza ostidan oppoq bir narsa qimirladi. Oppoq narsa... bosh-adoq 
oppoq bo‘ldi. Bosh-adoq oppoq matoga burkanmish bo‘ldi. 
Oppoq narsani... boshi qaerda, bilib bo‘lmadi. Yuzi qaerda, bilib bo‘lmadi. Yelkasi 
qaerda, bilib bo‘lmadi. Oyoq-qo‘li qaerda, bilib bo‘lmadi. 
Oppoq narsa minbar sari qimirlab bordi. Ha-ha, qimirlab bordi! 
Oppoq narsa qimirladi-qimirladi — minbarga chiqib bordi. Yig‘ilganlar sari yuzlandi. 
Botir firqa ana shunda oppoq narsani bet-boshini ko‘rdi: kulchaday bir yuz bo‘ldi, 
qoramag‘iz bir yuz bo‘ldi. 
Kulcha yuz xaloyiqqa tik qaramadi. Xaloyiqdan nigoxini bekitdi. Qo‘lidagi qog‘ozdan ko‘z 
olmadi. 
Botir firqa oppoq narsaga tigashdi-tikildi — kim ekanini bilmadi. Tevarak-boshdan so‘ray 
dedi — ayol kishini surishtirishdan orlandi. 
«Iya, bu otinbibi kim bo‘ldi? — dedi Botir firqa. — Bunday otinbibilar yo‘q edi-ku? 
Bunday oppoq kiyim-bosh kiyish yo‘q edi-ku? Yo shunday oq kiyim-bosh moda 
bo‘ldimi?» 
Oppoq narsani lablari... bulk-bulk etdi. Aftidan, oppoq narsa... kalima o‘qidi. Kulcha 
yuzlariga fotiha tortdi. Oldin o‘ng tarafiga tuf-tuf-tuf etdi. Keyin chap tarafiga tuf-tuf-tuf 
etdi. 
Botir firqa minbar ko‘rdi — bunday minbar ko‘rmadi. Notiq ko‘rdi — bunday notikni 
ko‘rmadi. 
«Chindan-da, bosh-adoq oppoq kiyinish... moda bo‘ldimikin-a?» 
Botir firqa shu xayolda saroy alangladi. Chindan-da, saroyda oppoq matoga burkangan 
xotin-qizlar mo‘l bo‘ldi. Har uchta xotin-qizni bittasi oppoq matoga o‘ralgan edi. 
«Ha-a, buyam yaxshi, — dedi Botir firqa. — Oqlik — ezgulik!» 
Oppoq narsa tag‘in tevarak-boshiga tuf-tuf, etdi. Yonboshlariga tuf-tuf etdi. Keyin, 
nutqini boshladi: 
— Bismilloxir raxmonir rohiym. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam ansorlariga 
iymondan o‘git berib, hayo iymondandur, deydilar.... 
Botir firqa ana shunda oppoq narsani tanidi. «Iya, bu Dilya-ku, Dilya! — dedi. — O’sha 
o‘zimizni Dilya...» 
Botir firqa oppoq narsani og‘zidan ko‘z uzmadi. Ko‘zlari oppoq narsani og‘zida bo‘ldi, 
xayollari oppoq narsani o‘tmishida bo‘ldi... 
Oppoq narsa davomi etdi: 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling