Fransiyadagi shu davrdagi iqtisodiy g`oyalarning rivoji Jan Batist Sey (1767-1832) nomi bilan bog`liq. Bo`lajak olim Lionda savdogar oilasida tug`ildi va keyinchalik yirik fabrikantga aylandi


Download 1.56 Mb.
bet1/5
Sana07.05.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1439308
  1   2   3   4   5
Bog'liq
yangisidan

Fransiyadagi shu davrdagi iqtisodiy g`oyalarning rivoji Jan Batist Sey (1767-1832) nomi bilan bog`liq. Bo`lajak olim Lionda savdogar oilasida tug`ildi va keyinchalik yirik fabrikantga aylandi. U yaxshi ta'lim oldi, ammo savdo sohasida ancha erta xizmat qila boshladi. O`zi o`qidi. U inqilobni qo`lladi. Napoleon Bonapart hukumatida moliya sohasida ishladi. Uning birinchi asari "Siyosiy iqtisod risolasi" 1803 yilda chiqdi va hayoti davomida besh marta qayta nashr qilindi, qayta ishlandi va uning bosh asari sifatida qoldi. 1817 yilda "Siyosiy iqtisod katexizisi" (Katexizis - grekcha "nasixat", "qo`llanma" mazmuniga ega), 1828-30 yillarda olti tomlik "Siyosiy iqtisod kursi" kitobi ham chop etildi. Bu kitoblarda u sanoat burjuaziyasi tarafdori, merkantilizm dushmani va iqtisodiy liberalizmni qo`llab-quvvatlovchi olim sifatida ma'lumdir. Sey Smit ta'limotini targ`ib etish va sistematik izohlash bahonasida uning ilmiy jihatdan ancha bo`sh g`oyalarini rivojlantirdi va tartibga soldi. D.Rikardo bu olimning ilmiy

Olimning tadiqot predmeti sifatida avvalo jamiyatning moddiy farovonlik problematikasi qaraladi, boylikning manbayi esa millatning iqtisodiy potensialiga bog`liqdir. Tadqiqot uslubida esa aniq fanlar (mas.,fizika) tajribasidan foydalanish kerak deydi. Metodologik jihatdan bu universal va hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`lgan qonun, kategoriya va nazariyalar tan olnishi zarur - deganidir. Taniqli iqtisodchi J. K.Gelbreyt fikricha, "Sey qonuni"ni tan olish yoki olmaslik XX asrning 30-yillarigacha iqtisodchilarni ahmoqlardan ajratish belgisi sifatida qaralgan. Bu qonunda bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyat sinflari manfaatlarining uyg`unligi( garmoniyasi) asosiydir. Lekin uning fikrlarida o`ta soddalik va yuzalik alomatlari ko`pdir. te'mol. Bu klassifikatsiya takror ishlab chiqarish jarayoni unsurlari o`rtasidagi yuzaki bog`lanishni aks ettiradi


Taqsimot va iste'molning iqtisodiyot fanining mustaqil bo`laklari sifatida ajratilishi va ularning mustaqil soha sifatida ishlab chiqarish bilan yenma-en qo`yilishi ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni unsurlari o`rtasidagi haqiqiy aloqalar buzib ko`rsatiladi, chunki ma'lum tipdagi ishlab chiqarish munosabatlari doim taqsimot va iste'molning ma'lum tarkibini vujudga keltiradi. Sey Smitni qo`llaydi, ammo ko`p masalalarda u bilan kelishmaydi. Masalan, uningcha qiymat bir qancha omillarga bog`liq qilib qo`yiladi: tovarning subektiv foydaliligi, uning ishlab chiqarish chiqimlari, talab va taklif. Seyda kapitalning ekspluatatsiya mohiyati butunlay yo`q va bu jarayon ishlab chiqarish omillari nazariyasi bilan almashtiriladi. Ammo, u iqtisodiy liberalizm (laissez faire) pritsinsipi, "kichkina va arzon davlat" va uning iqtisodiyotga aralashuvini keskin qisqartirish tarafdori sifatida Smit bilan hamohang. Sey bu sohada fiziokratik an'analarga yaqin bo`lgan. Uning iqtisodiy liberalizm tamoyili Napoleonning iqtisodiy siyosatiga to`g`ri kelmas edi (kontinental blokada siyosati Angliya bilan iqtisodiy aloqalarni keskin cheklagan) Burbonlarning restavratsiya qilinishi Seyning obro`si oshishiga imkon yaratdi

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling