Fransiyadagi shu davrdagi iqtisodiy g`oyalarning rivoji Jan Batist Sey (1767-1832) nomi bilan bog`liq. Bo`lajak olim Lionda savdogar oilasida tug`ildi va keyinchalik yirik fabrikantga aylandi
Download 1.56 Mb.
|
yangisidan
XXI asr boshida planetamizda 6 mlrd dan ortiq aholi istikomat qilmoqda (1945 yilda aholi soni 2.5 mlrd edi) va bu ko`rsatkich tobora ortib bormoqda. Eng muhim va ayanchli tomoni shundaki, kam rivojlangan va qoloq davlatlarda bu o`sish tez bo`lib, aholining 75 foizi shu davlatlarga to`g`ri keladi. Shuning uchun demografiya muammosi hozirda ham nihoyatda dolzarbdir.. Angliyada klassik maktabni boshqa tarzda izohlovchilar orasida Jeyms Mill (1773-1836) muhim o`rinni egallaydi. Bu olimni Jon Stuart Mill o`g`li bilan adashtirib yubormaslik kerak, uning iqtisodiy g`oyalari ham quyida ko`riladi. "Rikardo maktabining tanazzuli, - deb yozgan edi K.Marks, - mana shu kimsadan boshlanadi". J.Mill qiymat, ish haqi va foydani o`ziga xos yo`l bilan talqin etdi. U ishchilarning ish haqini oshirish yo`lidagi iqtisodiy kurashi o`rinsizligini iqtisodiy jihatdan asoslamoqchi bo`ladi. J.Mill kapitalistning foydasi bilan yollanma ishchining maoshi o`rtasidagi qarama-qarshilikni rad etib, yer rentasini tanqid qilgan edi. U Rikardoning renta to`g`risidagi nazariyasini davom ettirib, yer rentasining davlat tomonidan qo`shib olinishi, ya'ni haqiqatda yerni milliylashtirish (natsionalizatsiya) qilinishini talab qilib chiqdi (Sovet davrini eslang). J.Mill o`zining "Siyosiy iqtisod elementlari" (1821) asarida qiymatning mehnat nazariyasiga butunlay J.Mill qarshi chiqdi va qiymatning manbayi sifatidafaqatgina jonli mehnatni emas, balki ishlab chiqarish vositalarida mavjud bo`lgan mehnatni ham hisobga olishni talab qildi. Bu xulosaga asoslanib kapitalistlar va yollanma ishchilar o`rtasidagi ekspluatatsiya inkor qilinib, ularni "teng tovar egalari" sifatida qabul qilishni taklif qildi, bu esa ularning har biri ishlab chiqarilgan mahsulotning o`ziga tegishli foyda ulushini olishining to`g`ri ekanligini isbotlashga asos bo`ldi. London dorilfununining siyosiy iqtisod professori Jon Ramsey Mak-Kullox (1789- 1864) ham klassik maktabning so`nggi nomoyondalaridan hisoblanadi. U "Siyosiy iqtisodning boshlanishi" (1825) kitobida qiymatning mehnat nazariyasini rasman tan olsa ham, ammo ishchigina emas, shamol ham, bug` ham, koks ham, mashina ham mehnat qiladi, degan g`oyani ilgari surdi. Bunga aosolanib u foyda qiymatning jamg`arilgan mehnat yoki kapital "ishi" tufayli yaratilgan qismidir, deb tushuntiradi. Merkantilistlar kabi u ham foyda ayirboshlash jarayonida vujudga keladi, deb da'vo qiladi. J.Mak-Kullox Maltusning "Aholi nufuzi" qonunini to`la quvvatladi. Agar avvalgi iqtisodchilar klassik maktabni turlicha sharhlashga intilgan bo`lsalar, XIX asrning 30-50 yillarida iqtisodchilar o`rtasida klassik maktabdan ochiqdan-ochiq aloqani uzishga intilish paydo bo`ldi. Bu davrda sanoat to`ntarilishi nihoyasiga yetdi, sinfiy differensiatsiya amalga oshdi.Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling