Texnika xavfsizligi boyicha me‘yoriy hujjatlar


Download 21.38 Kb.
bet1/4
Sana16.03.2023
Hajmi21.38 Kb.
#1273013
  1   2   3   4
Bog'liq
sattarov ogabek mmx


Reja

  1. Texnika xavfsizligi boyicha me‘yoriy hujjatlar;

  2. Ob‘ektlarda texnika xavfsizligini ta‘minlashni tashkillashtirish;

  3. Ishlab chiqarish jarayoni va uskunalariga qoyiladigan xavfsizlik talablari;

  4. Mehnat xavfsizligini ta‘minlovchi texnik vositalar;

To‘qimachilik sanoatida texnologik jarayonlarning jadallashishi, mashina qismlarining ish tezliklari, mashina va dastgohlarning ish unumdorligining oshishi, ularning xavfsizligini oshishini ham taqozo qiladi.


Mashina va dastgohlarning xavfsizligini ta‘minlash ularni loyihalash jarayonidan boshlab amalga oshiriladi. Birorta yangi mashina yoki dastgoh xavfsizligi ta‘minlanmagan bo‘lsa, foydalanishga ruxsat berilmaydi.
Amaldagi Davlat standarti uskunalarning xavfsizlik ish prinsipi, konstruksiyasining xavfsiz sxemasini tanlash, ularning konstruksiyasida mexanizasiya, avtomatlashtirish, masofadan (distansion) boshqarish vositalarini qo‘llash, ergonomik talablarni bajarish, xavfsizlik texnikasi va yong‘inga qarshi tadbirlar, ularni o‘rnatish, foydalanish, sozlash, saqlash va transportirovkalash texnik hujjatlarga kiritilishini talab qiladi.
Mehnat muhofazasining asosiy vazifalaridan biri, ishchilarga xavfsiz ish sharoitini yaratib berishdan iboratdir. Xavfsiz ish sharoiti, ya‘ni, mehnat xavfsizligi-bu ishlab chiqarish sharoitida ishchilarga barcha xavfli va zararli omillar ta‘siri bartaraf etilgan mehnat sharoiti holatidir.
Ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar ishlab chiqarish sharoitida ko’pgina fizik va kimyoviy omillar ta‘sirida yuz beradi. Bunday xavfli omillarni yuzaga kelishi texnologik jarayonning xarakteriga, ish jihozlarining konstruksiyasiga, mehnatni tashkillashtirish darajasiga va shu kabi bir qancha omillarga bogliq boladi. Xavfli omillar yuzaga kelish xarakteriga bog’liq holda real va yashirin bolishi mumkin. Real xavf aniq, kozga ko’rinarli tashqi belgilari bilan xarakterlanadi. Masalan, mashinaning harakatlanuvchi qismi, kotarilgan yuk va Yashirin xavf mashina, mexanizmlar va ish jihozlarida yashirin noqsonlar, nosozliklar bo’lishi bilan xarakterlanib, ma‘lum bir sharoitda xavfli holatga, avariyaga olib keladi. Yashirin xavflarga ish joyining tartibsizligi, iflosligi, xavfsizlik talablariga javob bermasligi, ish jihozlari va moslamalardan noo’rin, ya‘ni boshqa maqsadlarda foydalanish, uzilgan elektr simlari, ishchining xato va notogri harakati kabilar ham kiradi. Ishlab chiqarishda jarohatlanishlarni oldini olish - bu murakkab kompleks muammo hisoblanib, birinchi navbatda mashina va mexanizmlarni loyihalash bosqichida xavfsizlik talablariga katta etibor berishni talab etadi.
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq fuqarolarni jumladan ishchi va xizmatchilarni bu masalalarga, hamda ijtimoiy holatini yaxshilash, ularning turmush darajasini yuksaltirishga, mehnat sharoitlarini texnika xavfsizligi va sanitariya talablari darajasidagi asosini yaratishga katta e‘tibor qaratib kelinmoqda.

Download 21.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling