Texnika xavfsizligi boyicha me‘yoriy hujjatlar


Download 21.38 Kb.
bet2/4
Sana16.03.2023
Hajmi21.38 Kb.
#1273013
1   2   3   4
Bog'liq
sattarov ogabek mmx

Mehnat xavfsizligi - bu shunday mehnat sharoitiki, bunday ishlab chiqarishda ishchilarga zararli va xavfli omillarning ta‘sirini butunlay oldi olingan bo’ladi. Ishlab chiqarish sharoitida odamlar ishlab chiqarishning fizik va kimyoviy omillaridan jarohatlanadi.
Texnika xavfsizligi - ishlovchilarga ishlab chiqarishda texnika xavfsizligini, uning oldini oladigan tashkiliy chora-tadbirlar va texnika vositalari tizimi.
Mehnat muhofazasi bo’yicha muhim me‘yoriy hujjatlardan biri ―Mehnat xavfsizligi standartlar tizimi‖dir (MXST). MXST - bu, mehnat jarayonida insonning sogligini va ish qobiliyatini saqlashga, xavfsizligini ta‘minlashga yo’naltirilgan talablar, me‘yorlar va qoidalarni o’z ichiga olgan o’zaro bog’liq standartlar majmuasidir. U 5 to’rga bo’linadi.
1. Tashkiliy - uslubiy standartlar.
2. Ishlab chiqarishdagi zararli, xavfli birliklarga talab va normalar standartlari.
3. Ishlab chiqarish uskunalariga xavfsizlik talablari standartlari.
4. Ishlab chiqarish jarayonlari xavfsizligi talablari standartlari.
5. Ishchilarning himoya vositalariga bo’lgan talablari davlat standartlari. Davlat standartlarida quyidagi signal ranglarini va vazifalarini belgilaydi:
1. Qizil - «man etish», «stop», «yaqqol xavflilik»;
2. Sariq - «diqqat» «mumkin bo’lgan xavf togrisida ogohlantirish»;
3. Yashil - «xavfsiz», «ruxsat etiladi», «yo’l ochiq»;
4. Kok - «informasiya». Davlat standartlaridan tashqari texnika xavfsizligi bo’yicha bir necha me‘yoriy hujjatlar mavjud. Hususan:
1. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish togrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida‖ Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 286-sonli qarori (06.06.1997 yil).
2. Mehnat sharoitlari bo’yicha ish joylarini baholash ishlarini o’tkazish tartibi haqida‖ O’zbekiston Respublikasi Mehnat Vazirligining 2/18- sonli qarori (25.02.1993 yil).
Shuningdek, barcha iqtisodiyot tarmoqlari va ob‘ektlarida faoliyat yo’nalishidan kelib chiqqan holda mehnat muhofazasi bo’yicha nizom va yo’riqnomalar ishlab chiqiladi va tegishli buyruqlar bilan tasdiqlanadi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi korxonalarda xavfsiz ishlash, texnika xavfsizligi boyicha me‘yoriy qoidalarga, sanoat sanitariyasi va mehnat gigienasiga hamda mehnat qonunchiligiga rioya qilish masalalarini nazorat qiladi. Har bir tarmoq oz texnik inspektoriga ega.
Mehnat xavfsizligining asosiy masalalaridan biri ishlovchilarning xavfsizligini taminlash hisoblanadi.
Hozirgi zamon halq xojalik ob‘ektlarida turli-tuman mashina-mexanizmlar, dastgohlar, kotarish kranlari, ish bajarish konveerlari va boshqa qurilmalar mavjudki, bularning hammasi bu erda ishlayotganlar uchun ma‘lum xavf tug’dirishi, agar extiyot chora-tadbirlarini belgilab qoyilmasa, baxtsiz hodisalar sodir bolishi mumkin.
Ish bajarish sharoitlari ham bir xil emas, masalan, metallarni qirqishda ishlatiladigan dastgohlarni ishlatganda sovituvchi suyuqliklardan foydalaniladi, ularning kesish issiqligi ta‘sirida bug’lanishi havo muhitining ifloslanishiga, shuningdek, havo namligining oshib ketishiga olib keladi. Demak, sexda ishlayotgan har bir dastgoh baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkinligidan tashqari yana havo muhitini ifloslantiruvchi vosita sifatida qaralishini taqozo etadi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ish sharoitini yaxshilash va baxtsiz hodisalarni kamaytirishning asosiy yollaridan biri ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirilgan vositalardan foydalanishdir. Mexanizatsiyalashtirish ishchilarni ogir jismoniy mehnatdan qutqaradi, bu esa oz navbatida ish joylaridagi ishchilar sonini qisqartirish va baxtsiz hodisalarni kamaytirish imkoniyatini beradi. Ishchi uchun eng xavfli ish jarayonlarini, masalan, temirchilikda bolgalash, presslash ishlari va boshqalarni mexanizatsiyalashtirish yaxshi natija beradi.
Zamonaviy texnologiyalarda kopgina ishchi uchun noqulay va zararli moddalar ajralish jarayoni kuchli bolgan ishlar, masalan, eritilgan metallarni har xil qoliplarga quyish, engil va yuk avtomashinalari kuzov va kabinalarini elektr payvandlash ishlari, ularni moysizlantirib, bo’yashga tayyorlash ishlari, bo’yash va muhofaza qoplamalari bilan qoplash, detallarga issiqlik bilan ishlov berish, shtampovka, presslash va boshqa ishlarni bajarishda avtomatlashtirilgan vositalardan foydalanish muhim rol oynaydi.
Avtomatlashtirilgan tizimlarning ancha katta tezlikda harakat qilishi, ularning ishlash maydoni kengligi va ish turlarining xilma-xilligi, ular ishining xavfli tomonlarini belgilaydi.
Avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratishda va ularni ishlatishda vujudga keladigan barcha xavfli vaziyatlarni hisobga olish va xavfsizlikni ta‘minlash vositalari bilan jihozlash talab etiladi.
Mashina va mexanizmlar xavfsizligini ta‘minlash uchun uni loyihalashda qanday ish bajarishini hisobga olgan holda ish bajaruvchi qismlarini joylashtirishni ixcham usullarini topish, unga shakl berish va muhofaza qilish qurilmalarini joylashtirish bilan birga olib boriladi. Mashinaga ornatilgan muhofaza vositalari uning asosiy qismi bilan uygunlashib ketishi kerak. SHuni hisobga olish kerakki, muhofaza vositalari iloji boricha koproq masalalarni echishga xizmat qilsin.
Mashina va mexanizmlarning puxta ishlashini ta‘minlashdagi asosiy omillaridan biri, ularning holatini nazorat qiluvchi asbob-uskunalar va avtomatik boshqarish, hamda muvofiqlashtirish qurilmalari bilan jihozlashdir.

Download 21.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling