Система стандартов безопасности труда (ссбт), ee значение, функции и реализация


Download 51.95 Kb.
bet1/7
Sana14.11.2023
Hajmi51.95 Kb.
#1773406
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ММТХ 3-маъруза лотинча


3- Mavzu. “Mehnat xavfsizligi standartlar tizimi” (MXST), uning ahamiyati va vazifasi va uni amalga tadbiq qilish.
3-тема: Система стандартов безопасности труда (ССБТ), ee значение, функции и реализация.
3-topic: Occupational safety standards system (OSSS), its meaning, functions and implementation.
Reja:
1. MXSTning strukturaviy tuzilishi va unda qabul qilingan belgilash.
2. Tarmoqiy standartlar va ularga mos keluvchi me’yoriy hujjatlar.
3. Mehnat xavfsizligi bo‘yicha asosiy me’yor va qoidalar, vazifasi va ahamiyati.
4. Xodimlarga yo‘riqnoma berish, o‘qitish va ularning bilimlarini tekshirish ishlarini tashkil etish.


Tayanch iboralar: Standart, davlat standarti, tarmoq standartlari, korxona va birlashmalar standartlari, mehnat xavfsizligi standartlari tizimi, me’yor, namuna, o‘lcham, zararli omillar, himoyalanish vositalari, xavfsizlik talablari me’yorlari, mehnat muhofazasini boshqarish tizimi, ISO, xavfsizlik kriteriyalari, yo‘riqnoma, javobgarlik, xavfsizlik, sanitariya, nizom, kasaba uyushma, maxsus kiyim, shaxsiy himoya vositasi.
Metodik ta’minot
a). Adabiyotlar : [1], [2], [3].
a). Plakat, sxemalar, maketlar, taqdimot va multimediyali dasturlar.


1. Standart (ing. standard — me’yor, namuna, o‘lcham) — keng ma’noda — boshqa ob’ektlarni taqqoslash uchun dastlabki ob’ekt deb qabul qilingan namuna, etalon, model; Standart - standartlanadigan ob’ektga qo‘yiladigan va vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan me’yorlar, qoidalar, talablarni belgilovchi me’yoriy texnik hujjat. Standart inson faoliyatining barcha sohalari: fan, texnika, sanoat, qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish, qurilish, transport va boshqalarga taalluqli. Qo‘llanish sohasiga qarab, davlat standarti (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi), tarmoq standartlari (tarmoqlar vazirliklari tasdiqlaydi), korxona va birlashmalar standartlari (korxonalar va birlashmalar boshqaruvi tasdiqlaydi) kabi turlarga bo‘linadi. Xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari bo‘yicha respublika, viloyatlar va boshqalarga qarashli korxona, tashkilot va muassasalar uchun Standartlarni qo‘llash majburiydir.
Mehnat muhofazasi bo‘yicha eng muhim me’yoriy hujjatlardan biri 1973 yildan ishlab chiqarishga joriy qilingan "Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi"dir (MXST). MXST - bu, mehnat jarayonida insonning sog‘lig‘ini va ish qobiliyatini saqlashga, xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan talablar, me’yorlar va qoidalarni o‘z ichiga olgan o‘zaro bog‘liq standartlar majmuasidir. MXST - davlat standartlashtirish tizimining tashkil qiluvchi qismlaridan biridir. MXST standartlari davlat, respublika, tarmoqiy va korxona standartlariga bo‘linadi.
YAngi texnologik jarayonlarning yaratilishi, yangi ashyolarning qo‘llanilishi yangicha yondashuvni, mehnat xavfsizligini ta’minlashning yangi usullar hamda vositalarini ishlab chiqarishni, shuningdek, ana shu masalalar bo‘yicha yangi me’yor turlarini yaratishni taqozo etdi. SHu sababli mehnat muhofazasiga doir me’yoriy hujjatlarni tartibga solish zarurati paydo bo‘ldi. Bu hujjatlar davlat standartlashtirish tizimining tarkibiy qismiga aylandi. Davlat standartlari mehnat sharoitini va mehnat muhofazasini yaxshilashning zaminidir. Har qaysi korxona davlat standartlarining umumiy talablariga qat’iy amal qilgan holda o‘zining tarmoq standartlarini ishlab chiqadi, bu standartlarda tarmoqdagi mehnatning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi. Mazkur hujjatlar asosida ilmiy-sanoat birlashmalari zavod va fabrikalar, korxonalar uchun standartlar yaratiladi va bu standartlar har qaysi bo‘linma ish o‘rni uchun mehnat xavfsizligi bo‘yicha fan va ilg‘or tajribalar asosida kerakli tavsiyalarni beradi.
«O‘zstandart» davlat agentligi standartlarning amal qilish vaqtini besh yil muddatga belgilaydi va ushbu muddat o‘tgandan so‘ng ular yangilanadi va qayta ko‘rib chiqiladi. Ushbu standartlarga ko‘rsatilgan talablar va qoidalarni barcha vazirliklar, idoralar, xo‘jalik va muassasalar bajarishga majbur. Ularga amal qilmaganlar qonun yo‘li bilan jazolanadilar.
MXST faoliyat turlaridan kelib chiqqan holda xavfsizlikning talablari, me’yorlari va qoidalaridan iborat bo‘lib, ish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash hamda kishilarning ish qobiliyatini va sog‘lig‘ini saqlashga yo‘naltirilgan tizimdir. Tizim shuningdek, umumdavlat, tarmoq va korxonalar standartlarini o‘z ichiga oladi. Asos bo‘ladigan davlat standartlar tizimida atamalar ta’rifi va tushunchalar berilgan bo‘lib, mehnatni muhofaza qilishda:

  1. Ishlab chiqarishdagi hisobga olinadigan zararli omillarning tasnifi;

  2. Ishlab chiqarish uskunalari va jarayonlaridagi himoyalanish vositalari tasnifi;

  3. Bino va inshootlarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari me’yorlari bayon etilgan.

MXSTning mazmuni, tizimi va vazifasi, shuningdek tuzilishi, standartlar mazmuni va kelishuvi GOST 12.0.001.82da ifodalangan bo‘lib, bunda:

  • birinchi ikki son (12) shu GOSTni MXST ga qarashli ekanligini;

  • uchinchi son (0) — tizim «ost» (tarmoq) shifrini;

  • keyingi uch son (001) — «ost»( tarmoq) tizim standartining tartib raqamini;

  • va oxirgi ikki son (82) — standartning ro‘yxatga olingan yilini ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan turli xususiyatli noqulay xavfli va zararli omillarning inson sog‘ligiga salbiy ta’siri hisobga olinib MXST quyidagi guruhlarda o‘z ifodasini topgan:

>Birinchi guruhdagi MXST-GOST 12.1.008-76-«Biologik xavfsizlik»;

  • Ikkinchi guruhdagi MXST-GOST 12.2.019-86- «Qishloq xo‘jaligi traktorlari va o‘ziyurar mashinalarga qo‘yiladigan xavfsizlik»;

  • Uchinchi guruhdagi MXST-GOST 12.3.00275-«Ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik jaranyonlarga, ish joylari va maydonlariga, ishchi o‘rinlarini tashkil qilishga qo‘yiladigan xavfsizlik talablarini»;

  • To‘rtinchi guruhdagi MXST- GOST 12.4.024-76-«Ishchilarni xavfli omillardan himoyalash chora va vositalari».

  • Beshinchi guruh standartlari xavfsizlik talablarini nazorat qilish usullarini, injener tarmoqlarining tuzilishini, inshoot va binolardan foydalanish va ta’mirlanishni, qurilish jarayonlarida xafsizlikni ta’minlashni o‘z ichiga oladi.


Download 51.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling