Система стандартов безопасности труда (ссбт), ee значение, функции и реализация


Download 51.95 Kb.
bet6/7
Sana14.11.2023
Hajmi51.95 Kb.
#1773406
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ММТХ 3-маъруза лотинча

Intizom javobgarligi. Har bir tadbirning xavfsizlik qoidalari ishlab chiqiladi. Bu qoidalarning barchasi sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlash va jarayonlarni me’yorda bajarishga qaratilgan. Talablarni bajarmaslik baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin. SHuningdek, ishchi-xizmatchilarning tadbir-qoidalariga amal qilmasligi ish rejimining buzilishiga, kassallik, baxtsiz hodisa, zaharlanish va boshqa hodisalarning sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin.Ular uchun intizom javobgarligi ta’sis etilgan. Bu javobgarlik ishchilar uchun: ogohlantirish, xayfsan e’lon qilish, uch oy muddat bilan oyligi kam bo‘lgan ishga o‘tkazish yoki shu muddatga past razryad ishga o‘tkazish, ishdan bo‘shatish kabi tartibda amalga oshiriladi.
Ma’muriy javobgarlik. Quyidagi 3 turda belgilanishi mumkin:
1. Axloqiy xarakterdagi javobgarlik (ogohlantirish,jamoat tartibidagi choralar).
2. Mablag‘ va pul undirish, bunda jarima va musodara qilish usuli qo‘llaniladi.
3. Tartib buzuvchining shaxsiga taalluqli bo‘lgan javobgarlik (ahloq tuzatish ishlari, ma’muriy-qamoq jazosi, vazifasidan chetlatish).
Jinoiy javobgarlik. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarining qo‘pol buzilishi natijasida og‘ir jarohatlanish yoki baxtsiz xodisa o‘lim bilan tugasa, qoidani buzishga ayblangan rahbar xodim jinoiy javobgarlikka tortiladi. Jinoiy javobgarlik rahbar xodimni vazifasidan chetlatish yoki ma’lum muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan belgilanadi.
Moddiy javobgarlik. Bu ishchi va xizmatchilar ishlayotgan korxonada uning aybi bilan korxonaga keltirgan moddiy zararni qoplashdir. Mehnatni muhofaza qilish qoida va normalarining ishchi va xizmatchi tomonidan buzilishi natijasida sanoat korxonasi moddiy zarar ko‘rsa, shu zararning bir qismini yoki hammasini aybdor shaxs tomonidan to‘lanishi moddiy javobgarlik chorasiga kiradi. Moddiy
javobgarlik chegaralangan va to‘liq javobgarlik tartibida belgilanishi mumkin.
CHegaralangan moddiy javobgarlikda sanoat korxonasiga etkazilgan zarar ma’muriyat buyrug‘iga asoson ishchi va xizmatchining oyligidan undirib olinadi. Bunda aybdor shaxsning roziligi bilan oyligidan (uchdan biridan oshmasligi sharti bilan) ushlab olinadi.
To‘liq moddiy javobgarlik jinoyat sodir bo‘lgan taqdirda va aybdor jinoiy ish qilgan bo‘lsa, uni javobgarlikka tortish bilan bir qatorda sanoat korxonasiga keltirilgan moddiy zararni ham to‘liq qoplashga majbur qilinadi. Bunday javobgarlik qarorlarini tuman yoki shahar sudi organlari chiqaradi. Bu holda korxona ma’muriyati tomonidan aybdorning haqiqatdan ham aybdor ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar ko‘rsatilishi kerak.

Download 51.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling