Fransiyadagi shu davrdagi iqtisodiy g`oyalarning rivoji Jan Batist Sey (1767-1832) nomi bilan bog`liq. Bo`lajak olim Lionda savdogar oilasida tug`ildi va keyinchalik yirik fabrikantga aylandi


Download 1.56 Mb.
bet3/5
Sana07.05.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1439308
1   2   3   4   5
Bog'liq
yangisidan

T.R.Maltus (1766-1834) dvoryan oilasida tug`ildi, 1788 yil Kembridj universitetini bitirgach, qishloq ruhoniysi sifatida ishlay boshladi, ilohiyot fanidan ilmiy darajaga ega bo`ldi. 1807 yildan boshlab "Ost-Ind" kompaniyasi kollejida siyosiy iqtisod professori lavozimida leksiyalar o`qidi. Diqqatga sazovor tomoni shundaki, Maltus ancha kech, 39 yoshida turmush qurdi, uch o`g`il va bir qiz otasi bo`lgan. Agar obrazli aytadigan bo`lsak, o`z ta'limoti va takliflariga amal qilgan. Taniqli iqtisodchi D.Yum va boshqalar bilan do`st bo`lgan. T.Maltus yashagan davr Angliyada sanoat inqilobi amalga oshayotgan yillar bo`lib, qayta ishlab chiqaruvchilar ommaviy qashshoqlashdi, ishsizlar armiyasi ko`paydi, ishchilarning iqtisodiy ahvoli tobora yomonlashdi. Xuddi shu holatlarga baho berish, uni izohlash, bu ahvolning sababi nimada ekanligini tushuntirish Maltusga nasib etdi. Uning asosiy asarlari quyidagilar: "Aholi nufuzi qonuni to`g`risidagi tajriba" (1798), "Yer rentasining tabiati va o`sishi to`g`risidagi tajriba" (1815), "Siyosiy iqtisod prinsiplari" (1820 yilda yozilgan va avvalgi kitobni qayta ishlab, ikki jildli asarga aylantirilgan).

Bu asar uning do`sti D.Rikardoning "Siyosiy iqtisodning boshlanishi" asaridan uch yil keyin chiqqan bo`lib, nazariy metodologik jihatdan undan keskin farq qilmaydi. Bu asarlarda Maltus lendlordlar manfaatini himoya qiladi, ammo yer egalari va kapitalist-fabrikantlarning manfaatlari mos kelsa va ishchilarga qarshi qo`yilsa, ularning ikkalasini qo`llab-quvvatladi, hukmron sinflarni oqladi, ommaning ochyalang`ochligi va og`ir ahvolida ularning hech qanday aybi yo`qligini isbotlamoqchi bo`ldi. Mavjud tizimni takomillashtirish kerakligini u xayoliga ham keltirmadi, buni o`ziga xos utopiya deb hisobladi. Maltusning "Nufuz nazariyasi" XIX asrda juda keng tarqaldi va mashhur bo`lib ketdi. Hozirgi davrda ham yangi zamonaviy maltuschilar G.Butul, N.Chemberlen, P.Erlix, U.Fogtlar Maltusning "ikki progressiya" to`g`risidagi dastlabki qarashlarini biroz o`zgartirib, "aholining qarib borishi", "aholining eng maqbul miqdori", "qimmatli" va "arzon" kishilar kabi turli-tuman g`oyalarini ilgari surmoqdalar. Bu konsepsiyalarda ilmiytexnika taraqqiyotining oqibatlari, atrof-muhitni muhofaza qilish bahonasi bilan, Yer kurrasida "ortiqcha" odamlar ko`payib ketdi, deb ularning sonini turli yo`llar bilan kamaytirish rejalari taklif qilindi yo`llar bilan kamaytirish rejalari taklif qilindi


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling