Guliston davlat universiteti tabiy fanlar fakulteti kimyo yo’nalishi 18/23-guruh talabasi mamatova mohisora


Download 8.05 Kb.
Sana19.10.2023
Hajmi8.05 Kb.
#1709396
Bog'liq
MAMATOVA MOHISORA

Guliston davlat universiteti tabiy fanlar fakulteti kimyo yo’nalishi

18/23-guruh talabasi mamatova mohisora


Rus faylasufi Mixail Lomonosov o‘ziga to‘q xonadonda dunyoga keldi. Lomonosov kelib chiqishiga ko‘ra mayda savdogarlardan bo‘lgan. U Moskva shahridagi slavyan-yunon-lotin akademiyasida, keyin Kievdagi diniy akademiyada tahsil oldi. Shundan so‘ng Peterburg Fanlar akademiyasi qoshidagi universitetda o‘qidi. 1736-1741 yillarda esa Germaniyada bilim oldi. Uch yil olmon faylasufi Xristian Volf qo‘lida falsafa ilmini o‘rgandi. Mixail Lomonosov tabiatan mag‘rur, mustaqil fikrlovchi shaxs edi. U har doim vataniga biror foyda keltirishga intilib yashagan. Lomonosov modda va harakatning saqlanish qonunini kashf etgan. Faylasufning quyidagi asarlari ma’lum: «Issiq va sovuqning sabablari haqida mulohazalar» (1749), «Jurnalistlarning falsafa erkinligini qo‘llab-quvvatlovchi maqolalarni yozish chog‘idagi vazifalari to‘g‘risida mulohaza» (1755), «Yerning qatlamlari haqida» (1763). 1753 yilning 1 martida Lomonosovga imperator Yelizavetaning farmoyishi bilan dvoryanlik martabasi beriladi. Shuningdek, Koporsk uezdidan 9 ming botmon yer va 212 nafar krepostnoy dehqon ajratildi. Lomonosov 1765 yilning 4 aprelida vafot etdi. Oradan bir yil o‘tgach, rafiqasi Yelizaveta Andreevna ham hayotdan ko‘z yumdi. Faylasufning yolg‘iz farzandi Yelena esa kievlik ruhoniy bilan turmush qurdi va 22 yoshida olamdan o‘tdi.
Mixail Vasilyevich Lomonosov [1711.8(19)11, Arxangelsk - 1765. 4(15)4, Peterburg] — rus tabiatshunos olimi, rus adabiy tilining asoschisi, shoir, rassom, tarixchi. Moskvada, Kiyevda (1734), soʻngra Peterburg akademiya untida oʻqigan (1735). 1736-yildan Germaniyaning Merburg va Frayburg universitetlarida kimyo va metallurgiya fanlaridan taʼlim olgan. Peterburg Fanlar akademiyasi ning birinchi akademik (1745). 1748-yilda Rossiya Fanlar akademiyasi qoshida 1-kimyoviy lab.ga asos solgan. 1755-yilda L. ningtashabbusi bilan Moskva universiteti tashkil etilgan (keyinchalik unga L. nomi berilgan).
Voyaga yetgach otasi qavatida baliqchilik bilan shug’ullana boshladi. Savodini ancha kech, faqat 11 yoshda chiqardi, sakkiz yildan keyin esa Mixail Lomonosov baliq ortilgan aravada Moskvaga yo’l oladi va slavyan-grek-lotin akademiyasiga o’qishga kiradi. Besh yildan so’ng Mixail Lomonosovni tahsilni davom ettirishi uchun o’n ikki a’lochi talaba bilan Peterburg akademiyasiga jo’natadilar, ammo bir oy o’tar-o’tmas endi uni uch nafar a’lochi talaba bilan birga tog’ sanoati va kimyoni o’rganishi uchun Germaniyaga yo’llaydilar. Mixail Vasilyevich Lomonosov tez orada yirik olim bo’lib yetishadi. U kimyo va fizika, astronomiya va tog’ sanoati, tarix va adabiyot bilan shug’ullanadi. U tabiatning materiya va harakatning saqlanish qonuni deb ataladigan yalpi qonunini kashf etadi. 
O’zi yasagan teleskop yordamida Mixail Vasilyevich Venera (Zuhra) sayyorasi ham xuddi yer singari atmosfera bilan qurshalganini bilib oladi. Biror odamning Lomonosovchalik bilimning turli sohalarida bu qadar ko’p kashfiyot qila olishiga ishonish mushkul. U o’zining barcha ilmiy g’oyalari amaliyotga tatbiq etilishiga va Rossiya manfaatlari yo’lida xizmat qilishiga zo’r berib erishdi. Lomonosov geografiya bilan ham shug’ullangan. «Rossiya atlasi»ni yaratish bo’yicha komissiyaga rahbarlik qilgan kezlarida u nafaqat ko’pgina chekka guberniyalarga ekspedisiyalar uyushtirdi, qolaversa foydali qazilmalar to’g’risida, u yoki bu maskanda qancha aholi yashashi, ularning millati va nima bilan mashg’ulligi va h.k. haqidagi 30 savoldan iborat anketa tuzadi va joylarga jo’natib yuboradi
Moddalarning atom-molekulyar tuzilishi haqidagi tushunchalarni rivojlantirgan, kimyoviy reaksiyalarda massaning saqlanish qonunins topgan (1756), korpuskulyar (atom-molekulyar) taʼlimoti asoslarini taklif etgan (1741 — 50). Venera sayyorasida atmosfera mavjudligini aniklagan (1761). Falsafiy va grajdanlik ruhidagi rus odasining ijodkori. Dostonlar, sheʼriy nomalar, tragediyalar va hajviy asarlar, fundamental filologik tadqiqotlar hamda rus tilining ilmiy grammatikasi muallifi. Ranglar haqidagi nazariyani olgʻa surgan. Bir qancha optik asboblar yasagan. Mozaika sanʼatini rivojlantirgan, smaltalar ishlab chiqarishga katta hissa qoʻshgan, shogirdlari bilan birga koshinkor naqshlarning yangi turlarini taklif etgan. Shvetsiya Fanlar akademiyasi (1760), Bolonya Fanlar akademiyasi (1764) faxriy aʼzosi.
U ikki asr ilgariyoq o’z tadqiqotlarini xuddi hozirgi olimlar singari o’tkazgan edi. Buningdek misollarni uzluksiz keltiraverish mumkin. Mixail Vasilyevich Lomonosov Rossiya tarixi va notiqlik san’atini jiddiy o’rgandi. Turfarang shisha tayyorlash tarkibotini tuzdi, so’ngra ulardan ajoyib naqshli kartinalar yaratdi. Masalan, Petr I portretida Poltava jangini tasvirlagandi. Lomonosovga qadar Rossiyada barcha kitoblar faqat cherkovcha slavyan tilida bitilar edi. U birinchi «Rossiya grammatikasi»ni va o’zining shaxsiy she’r va qasidalarini faqat rus tilida ijod qildi. Lomonosov loyihasi asosida 1755 yili endilikda uning nomi bilan ataladigan Moskva universiteti ochilgan edi
Rivoyatlarga qaraganda, M.Lomonosov Rossiya hukmdori Pyotr I ning (1672-1725 yillari) nikohsiz farzandi bo‘lgan. Ma’lumki, Pyotr I ning nimjon, bemehr shahzoda Alekseydan bo‘lak merosxo‘ri yo‘q edi. Shu sababli bir kuni Pyotr I mastlikda: «Qaysi sohibjamol menga o‘g‘il tug‘ib bersa, kim bo‘lishidan qat’i nazar, uni malika deb e’lon qilaman» deb yuboradi. Bundan foydalangan Arxangelskdagi ruhoniy boyvachchalar 1711 yilning 17 yanvarida Ust Tosnoga dam olgani kelgan Pyotr I ga xolmogorlik sohibjamol yetim qiz Yelenani «tuhfa» etadilar. Oradan ko‘p o‘tmay, Yelena shaxsan Pyotr I ning farmoyishi bilan Dvinsk qishloq oqsoqoli Luka Lomonosovning jiyani Vasiliy Dorofeevga unashtiriladi. Pyotr I qo‘shmachi boyvachchalarga: «Agar o‘g‘il farzand tug‘ilsa, unga buvasining xotirasi uchun Mixaylo deb ism qo‘ying. O’g‘lim hamda unga otalik qilmish kimsa Lomonosov familiyasini qabul etsinlar. Bu oila Luka Lomonosov qaramog‘ida, uning nazorati ostida yashasin. Bu sir nihoyatda maxfiy saqlanishi zarurligini unutmang. Bolaning moddiy, moliyaviy ta’minotini o‘z zimmamga olaman», — deya amr etgan.

Lomonosov 1765-yilning 4-aprelda vafot etadi.oradan bir yil o’tgach, rafiqasi yelizaveta andreevna ham hayotdan ko’z yumdi.

Foydanilgan adabiyotlar www.wikipediya .com 7 sinf kimyo kimyo tarixi


Download 8.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling