Ingliz Jon. Styuart Mill (1806-1873) klassik maktabning so`nggi nomoyondalaridan biri deb qaraladi. Uning otasi Jeyms Mill (1773-1836) ham iqtisodchi bo`lgan va o`g`lining tarbiyasi bilan jiddiy shug`illangan, oqibatda yoshligidaayoq dastlabki tadqiqotlari e'lon qilindi. Ammo 1848 y.bosib chiqarilgan "Siyosiy iqtisod asoslari" (5 jilddan iborat) kitobi unga shuhrat keltirdi. Amaliy hayotda Mill Ost-Indiya kompaniyasi bilan bog`langan edi (1858 y yopilgan). 1865-1868 yy. Parlament a'zosi bo`lgan (D.Rikardoni eslang). So`nggi yillarda Fransiyaning Avinyon shahrida yashab ijod etdi. Tadqiqot predmetida D.Rikardo g`oyalariga yaqin turadi va birinchi o`ringa "ishlab chiqarish qonunlari" ni qo`yadi, bu masalani "Taqsimot qonunlari"ga qarama-qarshi deb biladi. Klassik maktab vakillari kabi, iqtisodiy rivojlanishda "qishloq xo`jaligi imko-niyatlari" bilan hisoblashmaslik mumkin emas deb hisoblaydi Tadqiqot usulida pulning "neytrollik" konsepsiyasiga amal qiladi, ammo, pulning miqdoriy nazariyasini ham qo`llaydi. Boylik to`g`risida ancha sodda fikrda bo`lib, boylik bu bozorlarda sotib olinadigan va sotiladigan narsalarning summasi sifatida qaraladi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |