Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
198 Shu so‘zlardan keyin sekin-sekin yana Zaynilar kechasining qorong‘iligiga cho‘mdim. * * * Ko‘zlarimni ochganimda yotgan yerimni taniy olmadim: boshqa uy, boshqa deraza- lar... Tirsaklarimga tiranib turmoqchi bo‘ldim, lekin boshim meniki emasday yana yostiqqa tushdi. Shoshib tevaragimga qaradim-u yana doktorning moviy ko‘zlarini ko‘rdim... — Farida, meni taniyapsanmi? — Nega tanimayin, doktorbey? — dedim. — Xudoga shukr, xudoga shukr. Endi u kunlarning betini ko‘rmaylik... — Bir nima bo‘ldimi, doktorbey? — Sening yoshingdagi bolalar uchun qo‘rqinchi yo‘q. Bir oz uxlading, qizim, bir oz ux- lading. Unchalik ahamiyati yo‘q... — Qancha uxladim? — Ko‘p-u, lekin zarari yo‘q... O‘n yetti kuncha... O‘n yetti kun! Shuncha uxlash! Qiziq-ku?.. Yorug‘ meni bezovta qilgani uchun yana ko‘zlarimni yumib oldim. Bu o‘n yetti kunlik uyquga boshqa birovning ko‘ksidan chiqayotgandek, boshqa birovning lablaridan uchayotgandek g‘alati bir qahqaha bilan kuldim. Keyin yana uxlab qoldim. * * * Og‘ir asabiy tutqaloqni boshdan kechirdim. Doktor Xayrullobey meni o‘z uyiga olib ke- lib, o‘n yetti kun tepamdan jilmay o‘tiribdi. Bu umrimda birinchi marta qattiq og‘rishim edi. Tamom tuzalib ketishim qirq kundan ortiqroqqa cho‘zildi. Kunlarcha o‘rnimdan tur- may yotdim. Kasaldan keyin sochlarim tusha boshladi. Bir kun qaychi so‘rab olib, so- chimni qirqib tashladim. Tuzalish qanday yaxshi narsa! Odam dunyoga yangidan kelganday bo‘ladi. Eng ahamiyatsiz narsalarga ham chiroyli qo‘g‘irchoqlarga qaragan yosh bola singari suyunib, yayrab-yashnab qaraydi. Oynakka o‘zini urgan kapalak, oyna chekkasida rang-barang tovlangan quyosh nuri, uzoqdagi podaning ma’rashlari qalbimni lazzat bilan tipirchilata- di. Kasallik so‘nggi uch yil davomida qalbimda yig‘ilgan barcha zahru zaqqumlarni olib ketdi. Xotiralarim menga boshqa birovnikiday tuyulardi, chunki ular qalbimda endi na alam va na hayajon uyg‘otardi. Dam-badam hayron bo‘lib o‘zimdan so‘rayman: “Balki bular bir mahallar ko‘rilgan tushning xira xotiralaridir? Yoki bularni biron eski romanda o‘qiganmikanman?” Ha, bularning hammasini tushda, undagi odamlarni esa ranglari o‘chib, chang bosib yotgan eski suratlarda ko‘rgandayman. Doktor Xayrullobey majolsiz yotgan kunlarimda yonimdan bir kun ham jilmay do‘stlarcha parvarish qildi. Goh hikoyalar aytib, goh romanlar o‘qib, meni zeriktirmaslik- ka, kuldirib o‘tirishga harakat qildi. Bechoraning o‘zi ham rosa charchadi. — Ishqilib, tuzalib ket... Xudo haqqi, og‘rib-netib qolmaganimda ham, azbaroyi maza qilish uchun, ipakli ko‘ylak tiktirib, uch oy ko‘rpaga kirib yotib olaman. Senga shu- naqayam nozlar qilayki... — deyardi. Ba’zan uxlayotganga o‘xshash toliqib qolaman. Yupqalashgan qovoqlarimdan o‘tgan quyosh nuri menga pushti tuyuladi. Shunday paytlarda Xayrullobey bosh tomonimdagi kursida kitob o‘qib yo mudrab o‘tirgan bo‘ladi. Ana shunday toliqqan damlarimda jonim tanimdan chiqadi-yu, nurday, ovozday fazolarda uchib yurgan bo‘lib ko‘rinadi. Qaerda, qaysi mamlakatga uchib ketyapman? O‘zim ham bilmayman. Birdan chuqur chohga Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin www.ziyouz.com kutubxonasi 199 qulay boshlayman, ana shunda yuragim orqamga tortadi, seskanib uyg‘onib ketaman. Ko‘zlarimni ochib, uzoq, juda uzoq yerlardan qaytib kelganday bo‘laman. Quloqlarimda nur tezligi bilan manzara tortib o‘tgan masofalarning shamollari guvillaydi, ko‘zlarimda yetti qavat osmonda ko‘rilgan xira, tumanli mamlakatlarning tarqoq, so‘nik xotiralari pir- piraydi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling