Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


QARINDOSHLAR BILAN ALOQANI UZISH


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

QARINDOSHLAR BILAN ALOQANI UZISH 
Alloh taolo aytadi: 
«Oralaringizdagi savol-javoblarda o‘rtaga nomi solinadigan Allohdan qo‘rqingiz 
va qarindosh urug‘laringiz (bilan ajralib ketishdan saqlaningiz)!» (Niso surasi, 
1). 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
101
«Agar (iymondan) yuz o‘girsangizlar, yaqinki, sizlar yerda buzg‘unchilik 
qilursizlar va qarindosh-urug‘laringiz (bilan ham aloqalaringiz)ni uzursizlar! 
Unday kimsalarni esa Alloh la’natlagandir, bas, ularning (quloqlarini pand-
nasihat etishidan) kar, ko‘zlarni esa (to‘g‘ri yo‘lni ko‘ra olmaydigan) ko‘r qilib 
qo‘ygandir» (Muhammad surasi, 22–23). 
Qurtubiy rahimahulloh aytadilar: «Alloh taolo bu ishni qilgan kimsa la’natga duchor 
bo‘lishini, ko‘zi va qulog‘idan haqiqiy suratda foydalanishdan mahrum etilishini, natijada 
ko‘rsa ham, yaxshi eshitsa ham, haqqa ergashmasligini va uni aql yuritmaydigan hayvon 
kabi qilib qo‘yishini xabar berdi».
«(Bu oyatlardan) faqat Allohga bergan ahdlariga vafo qiladigan va miysoq-
va’dalarini buzmaydigan aql egalariga eslatma olurlar. Ular Alloh bog‘lanishga 
buyurgan narsalarni (ya’ni, qarindosh-urug‘lar bilan aloqani) bog‘laydilar. 
Parvardigorlaridan qo‘rqadilar va og‘ir hisob-kitobga duchor bo‘lishdan qo‘rqib, 
(doim chiroyli amallar qilishga intiladilar)» (Rad surasi, 20–21). 
«Bu masal sabab (Alloh) ko‘plarni adashtiradi va ko‘plarni (haq yo‘lga) hidoyat 
qiladi. Bu (masal) sabab faqat Allohning aniq ko‘rsatmalarini buzadigan, U 
bog‘lanishiga buyurgan narsalarni uzadigan va yer yuzida buzg‘unchilik qilib 
yuradigan fosiq kimsalarnigina adashtiradi. Ular shubhasiz, ziyon 
ko‘rguvchilardir» (Baqara surasi, 26–27). 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qarindosh-urug‘chilik aloqalarini uzuvchi kimsa 
jannatga kirmaydi», deganlar (Mutaffaqun alayh). 
Kim boy bo‘lib, kambag‘al qarindoshlaridan takabburlik qilib aloqani uzsa, ularga xayr-
ehson qilmasa, mazkur hadisi sharifdagi tahdid unga ham taalluqli bo‘lib, u jannatga 
kirishdan mahrum bo‘ladi. Magar Alloh azza va jallaga tavba qilib, qarindoshlariga ehson 
qilganlar bundan mustasno. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Meni haq (din) bilan yuborgan Zotga qasamki, 
silai rahmga (xayr-ehsonga) muhtoj qarindoshlari bo‘laturib, boshqalarga ehson 
qiladigan kishining sadaqasini Alloh qabul qilmaydi. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga 
qasamki, unday kimsaga qiyomat kuni Alloh qaramaydi», deganlar (Tabaroniy rivoyati). 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Qaysi bir inson qarindoshining oldiga borib, 
Alloh unga ato etgan fazl-boyligidan so‘rasa-yu, u baxillik qilsa, Alloh unga jahannamdan 
«shujo’» deb nomlangan ilon chiqaradi. Ilon uni chaqib, bo‘yniga o‘ralib oladi», deganlar 
(Tabaroniy rivoyati). 
Kishi agar faqir bo‘lsa, qarindoshlarini ziyorat qilish, hollaridan xabar olish bilan aloqani 
bog‘lash kerak. Zero, qarindoshlar bilan aloqani bog‘lash buyurilgan. Bu ish 
iymondandir. 
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki 
Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan ekan, qarindoshlari bilan aloqani bog‘lasin», 
dedilar» (Muttafaqun alayh). 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling