Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
62
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qaysi qavm orasida zino va sudxo‘rlik 
avj olsa, ular o‘zlariga Allohning azobini halol qilgan bo‘ladilar» (Abu Ya’lo rivoyati). 
Abdulloh ibn Hanzala roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam aytdilar: «Kishining bilaturib sudxo‘rlikdan yegan bir dirhami o‘ttiz olti marta 
zino qilganidan og‘irroqdir» (Imom Ahmad, Tabaroniy rivoyati). 
Baro ibn Ozib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: «Sudxo‘rlikning yetmish ikkita turi bo‘lib, ularning eng kichigi kishining onasiga 
yaqinlik qilishi bilan barobardir. Sudxo‘rlikning eng yaramasi esa, kishining o‘z birodari 
nomusiga tajovuz qilishidir» (Tabaroniy rivoyati). 
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytgan ekanlarki: «Sudxo‘rlikda yetmish ikkita 
gunoh bo‘lib, ularning eng kichigi musulmonning o‘z onasiga yaqinlik qilishi bilan 
barobar. Sudxo‘rlikdan topilgan bir dirham o‘ttizdan ortiq zino qilishdan og‘irroqdir». 
Yana aytgan ekanlar: «Alloh qiyomat kunida yaxshi-yu yomonga turish uchun izn beradi. 
Sudxo‘rlar esa bundan mustasno. Chunki ular: «jin chalgan – majnun kabi turadilar» 
(Ibn Abu Dunyo, Bag‘aviy rivoyati). 
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu aytganlar: «Foiz oluvchi (sudxo‘r) ham, beruvchi ham 
do‘zaxdadir». 
Qatoda roziyallohu anhu aytadilar: «Sudxo‘rlar qiyomat kunida jinni holida tiriladilar. Bu 
ularning alomati bo‘lib, mahshargohdagilar ularni shundan tanib oladilar». 
Xabarlarda vorid bo‘lishicha, sudxo‘rlar o‘z qilmishlarida ishlatgan hiylalari sababli 
«shanba sohiblari» kabi it va to‘ng‘iz suratida qayta tiriladilar. «Shanba sohiblari» 
haddan oshgan yahudiy kimsalar bo‘lib, avvaliga Alloh ularni shanba kuni baliq 
ovlashdan qaytargan edi. Ular hovuzlar qazib, shanba kuni baliqlarni unga qamab olar 
va keyingi kuni ovlar edilar. Shunday hiyla ishlatib hadlaridan oshganlari sababli Alloh 
ularni maymun va to‘ng‘izlarga aylantirib qo‘ygan edi. 
Sudxo‘rlar ham o‘zlaricha turli hiylalarni ishlatadilar. Alloh taologa ularning hiylalari 
maxfiy emas. 
Ayyub Saxtiyoniy aytgan ekanlar: «Ular xuddi yosh bolani aldamoqchi bo‘lgandek, 
Allohni aldamoqchi bo‘ladilar. Agar ishga ongli ravishda yondoshganlarida edi, o‘zlariga 
oson bo‘lardi». 
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Sendan qarzdor kishi biron narsa hadya qilsa, 
olma. Chunki bu ish sudxo‘rlikdir». 
Hasan roziyallohu anhu aytganlarki: «Agar bir kishi sendan qarzdor bo‘lsa, uning 
xonadonidan yegan narsalaring senga harom bo‘ladi». 
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu yana aytadilar: «Kim bir kishi uchun vositachalik qilsa-yu 
unga (narigi kishi) hadya bersa, u (hadya) haromdir. Quyidagi hadis gapimni 
tasdiqlaydi: «Kim bir kishi uchun vositachilik qilsa, buning evaziga unga hadya berishsa 
va u hadyani qabul qilsa, batahqiq, u sudxo‘rlik eshiklarining kattasiga yaqinlashgan 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
63
bo‘ladi» (Abu Dovud rivoyati). 
Din, dunyo va oxirat ishlarida Alloh taolodan afv va ofiyat tilaymiz. 
Yigirma sakkizinchi gunohi kabira 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling