Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
90
Qirqinchi gunohi kabira 
POKIZA AYOLLARGA TUHMAT QILISH 
Alloh taolo aytadi: 
«Albatta, (buzuq niyatlardan) bexabar, pokiza, mo‘mina ayollarni badnom 
qiladigan kimsalar dunyoda ham, oxiratda ham la’natga duchor bo‘ladilar. Ular 
uchun ulug‘ azob bordir. U Kun (qiyomat)da qilib o‘tgan (bo‘htonlari) sababli 
ularning tillari ham, qo‘lu oyoqlari ham o‘zlarining ziyonlariga guvohlik berur» 
(Nur surasi, 23–24). 
«Pokiza ayollarni (zinokor) deb badnom qilib, so‘ngra (bu da’volariga) to‘rtta 
guvoh keltira olmagan kimsalar(ni) – ularni sakson darra uringlar va hech 
qachon ular tomonidan biron guvohlikni qabul qilmanglar! Ular fosiq – itoatsiz 
kimsalardir» (Nur surasi, 4). 
Haromdan saqlangan, pokiza, hur ayolga kimda-kim «zinokor» yoki «fohisha» deb 
tuhmat qilsa, unga dunyo-yu oxiratda la’nat va ulkan azob bo‘lishini, bu dunyoda esa 
sakson darra urilib, garchi ishonchli bo‘lsa-da, guvohligi boshqa qabul qilinmasligini Alloh 
taolo bayon qildi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yettita halok qiluvchi ishdan saqlaninglar», deb 
ular orasida: «(Buzuq niyatlardan) g‘ofil, pokiza, mo‘mina ayollarga tuhmat qilish»ni 
ham sanab o‘tganlar (Muttafaqun alayh). 
Tuhmat qilish – pokiza, hur, muslima ayolga «ey zinokor» yoki «ey fohisha» va yo 
shunga ma’nodosh so‘zlarni aytish, eriga «ey fohishaning eri» o‘g‘liga «ey fohishaning 
o‘g‘li» qiziga «ey fohishaning qizi» deyish yoki shu kabi so‘zlarni so‘zlashdir. 
Bironta erkak yoki ayol boshqa bir erkak yoki ayolga va yo yosh bolaga shu va shunga 
o‘xshash so‘zlarni aytsa, shu so‘zlarning rostligiga to‘rtta guvoh keltirishi lozim. Agar 
keltira olmasa, tuhmatga uchragan erkak yoki ayol talab qilsa, unga sakson darra 
uriladi. 
Shuningdek, quliga tuhmat qilgan kimsa ham azobga giriftor bo‘ladi. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Kimki quliga «zinokor», deb tuhmat qilsa, qiyomat 
kunida unga had (jazo) qo‘llanadi. Agar gapi rost bo‘lsa, (jazo) qo‘llanmaydi» 
(Muttafaqun alayh). 
Ko‘p johillar behayo so‘zlarni aytishga odatlanib qolishgan. Holbuki, ular mana shu 
so‘zlari bilan dunyoda gunohkor, oxiratda azobga giriftor bo‘ladilar. Zero, Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Banda o‘ylamasdan bir so‘zni aytadi-da, u sababli 
mashriq bilan mag‘rib orasidagi masofadan uzunroq masofaga do‘zaxga qulaydi» 
(Muttafaqun alayh). 
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Odam farzandi xatolarining aksariyati tilidandir», dedilar» (Tabaroniy, 
Bayhaqiy rivoyati). 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling