Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
87
33-bob. Masjiddagi tupukni qo‘l bilan ko‘chirib tashlash 
Anas aytadilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidning qibla 
tomonidagi devorida (qotib qolgan) balg‘amni ko‘rdilar. Bu Rasululloh sallallohu alayhi 
va sallamga juda og‘ir botdi, hatto yuzlarida xafa bo‘lganlari ko‘rinib turardi. Rasululloh 
o‘rinlaridan turib, balg‘amni qo‘l bilan ko‘chirib tashladilar, so‘ng: «Qaysi biringiz namoz 
o‘qig‘aydirsiz, rabbingiz birlan so‘zlashg‘aydirsiz, rabbingiz oldingizda, qiblada 
bo‘lg‘aydir. Shuning uchun birortangiz qibla tomonga tupurmangiz, agar zarur 
bo‘lg‘aydir, chap tomonga yoki oyoq tagiga tupuringiz!» — dedilar. Keyin, Janob 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ridolarining bir tarafini ushlab, unga tupurib buklab 
qo‘ydilarda: «Yokim mana shunday qilingiz!» — dedilar». 
Abdulloh ibn Umar dedilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidning 
qibla tomoni deyuridagi tupukni ko‘rib, qirib tashladilar, keyin odamlarga qarab: «Agar 
birortangiz namoz o‘qiyotgan ersangiz, qibla tomonga tupurmangiz. Chunki, Olloh taolo 
kishi namoz o‘qiyotganida qibla tomonda bo‘lg‘aydir», — dedilar». 
Oisha onamiz dedilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qibla tomon 
devordagi manqani (yoki balg‘amni) ko‘rib, qirib tashladilar». 
34-bob Masjiddagi manqani mayda tosh birlan ko‘chirib tashlamoq 
Ibn Abbos: «Agar ho‘l axlatni bosib olsang, uni suv birlan yuvg‘il, agar quruq bo‘lsa, 
yuqmasa, yuvmag‘il!» — deganlar. 
Abu Hurayra va Abu Sa’id raziyallohu anhumo aytib berishgan hadis: «Janob Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam masjid deyuridagi manqani ko‘rib, uni tosh birlan ko‘chirib 
tashladilar, keyin: «Birortangiz burningizni qoqmoqchi ersangiz, old va o‘ng 
tomoningizga qoqmangiz, chap tomonga yokim chap oyog‘ingiz ostiga qoqingiz»,— 
dedilar». 
35-bob. Namozxon o‘ng tomoniga tupurmasin! 
Abu Hurayra va Abu Sa’id raziyallohu anhumo aytib berishgan hadis: «Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam masjid devoridagi manqani ko‘rib, uni mayda tosh birlan 
ko‘chirdilar, keyin: «Birortangiz burun qoqsangiz, old va o‘ng tomonga qoqmangiz, chap 
tomoningizga yokim chap oyog‘ingiz ostiga qoqingiz!»—dedilar». 
Qatoda raziyallohu anhu Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Birortangiz 
old tomoningizga ham, o‘ng tomoningizga ham tupurmangiz, ammo chap tomoningizga 
yokim oyog‘ingiz ostiga tupursangiz bo‘lur» deganlarini «Menga Anas aytib bergan»,— 
deydilar. 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling