Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Uch yoki to‘rt rak’at o‘qiganini unutsa, sajdai sahv qiladir


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet294/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

24-bob. Uch yoki to‘rt rak’at o‘qiganini unutsa, sajdai sahv qiladir. 
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Namozga azon aytilsa, shayton azon eshitilmaydirgan yergacha orqasidan yel chiqarib 
qochg‘aydyr. Azon tugasa, qaytib kelg‘aydir. Namozga takbir aytilsa, yana qochg‘aydir, 
takbir tugasa, yana qaytib kelib, namozxonni vasvasa qilmoq uchun: «Uni eslag‘il, buni 
eslag‘il»,- deb yodiga kelmagan narsalarni eslatg‘aydir. Pirovardida namozxoy necha 
rak’at namoz o‘qiganini bilmay qolur. Agar birortangiz shu kuyga tushg‘aydirsiz, o‘tirgan 
holda sajdai sahv qilingiz!» -deganlar, 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
243
25-bob. Farz va nafl namozlarida sajdai sahv qilmoq 
Ibn Abbos raziyallohu anhu vitr namozidan so‘ng sajdai sahv qildilar. 
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Birortangiz (nafl yokim farz) namozi o‘qiyotgan ersangiz, shayton kelib fikringizni 
chalg‘ita boshlag‘aydir, hatto necha rak’at o‘qiganingizni bilmay qolursiz. Agar shundoq 
ahvolga tushgaydirsiz, o‘tirgan holda sahv uchun ikki marta sajda qilingiz!»-deb 
aytganlar». 
26-bob. Birov namoz o‘qiyotgan kishiga gapirsa-yu, u: «nari turg‘il!»-deb 
ishora qilganda quloq solib, nari ketsa 
Yahyo ibn Sulaymon rivoyat qiladirlar: «Ibn Abbos,' Misvar ibn Maxrama va 
Abdurrahmon ibn Azharlar Kuraybga Oisha onamiz xuzurlariga borib, avvalo 
hammalaridan salom aytmakni, keyin asr namozidan so‘ng o‘qiladirgan ikki rak’at namoz 
to‘g‘risida so‘rab, bilib kelmakni topshirishdi. Keyin: «Biz sizning asr namozidan keyin 
ikki rak’at namoz o‘qimog‘ingizdan xabardormiz, biroq Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam asrdan keyin namoz o‘qimakni man’ qilganlar, deb ham eshitdik. Ibn Abbos: 
«Ogam Umar ibn Xattob asrdan keyin namoz o‘qigan odamlarni urar erdilar»,- deydilar, 
siz ne deydirsiz? deb aytg‘il!» - deyishibdi. «Oisha onamiz huzurlariga kirib, menga 
tayinlangan gaplarni aytdim,- deydi Kurayb,-Oisha onamiz Ummu Salamadan so‘rag‘il!» 
- dedilar. Men Ummu Salama onamizga bor gapni aytgan erdim, ul kishi bundoq dedilar: 
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning asrdan so‘ng namoz o‘qimakni man’ 
qilganlari to‘g‘risida eshitdim-u, biroq o‘zlarining asrdan keyin mening hujramga kirib 
ikki rak’at namoz o‘qiganlarini ko‘rdim. O’shanda ansoriy qabilalardan biri bo‘lmish Baniy 
Harom qabilasiga maisub bir guruh xotinlar menikida o‘tirishgan erdi. Men cho‘rimga: 
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oldilariga borg‘ilda, «Yo Rasululloh, asrdan keyin 
namoz o‘qimakni man’ qilgandirsiz, deb eshitgan erdik, o‘zingiz bo‘lsangiz, o‘qiyotirsiz!»- 
degil, agar qo‘llari birlan «Nari turg‘il!» deb ishora qilsalar, nari turg‘il!» - dedim. Cho‘ri 
shundoq qildi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llari birlan ishora qildilar, cho‘ri 
nari turdi. Namozdan keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Abu Umayyaning 
qizi, asrdan keyin o‘qiladirgan ikki rak’at namoz to‘g‘risida so‘rading. Men senga bir gap 
aytayin. Abd ul-Qays qabilasidan huzurimga odamlar kelishgan erdi. O’shalar birlan 
band bo‘lib qolib, peshinning ikki rak’atini o‘qiyolmay qolgan erdim, hozir o‘shal qazo 
bo‘lgan ikki rak’atni o‘kidim»,- dedilar». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling