Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Namozda qo‘lni belga qo‘yib turmoq joiz ermas


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet291/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

17-bob. Namozda qo‘lni belga qo‘yib turmoq joiz ermas 
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qiyotib 
belni ushlamakni man’ qilganlar»,- deydilar. 
Umar ibn Ali: «Menga Abu Hurayra aytdilarkim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
namozda belga qo‘lni qo‘yib turmoqni makruh qilgan ermishlar»,-deydilar. 
18-bob. Namoz o‘qiyotib boshqa bir narsa haqida fikr yuritmoq 
Hazrat Umar: «Men namoz o‘qiyotib askarlarimni jihodga tayyorlag‘ayman»,-degan 
ekanlar. 
Uqba ibn Hafsa rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga asr 
o‘qidim. Janob Rasululloh salom berdilar-da, tezda o‘rinlaridan turib, xrtinlarining 
hujrasiga kirib ketdilar. Bir ozdan keyin chiqib, qavmlarining yuzlaridagi taajjub 
alomatini ko‘rib: «Namoz o‘qiyotganimda uyimizda tilla borligi yodimga tushib qoldi
men uning tuni birlan uyimizda turib qolmog‘ini istamay, odamlarga ulashib bermakni 
buyurdim»,- dedilar». 
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Namozga azon aytilsa, shayton azon ovozi eshitilmaydirgan yergacha orqasidan yel 
chiqarib qochg‘aydir. Muazzin to‘xtasa, yana kelg‘aydir va namozxonga «Uni eslag‘il, 
buni eslag‘il» deb tokim ul necha rak’at o‘qiganini esidan chiqarguncha chalg‘itg‘aydir»,- 
dedilar». 
Abu Salama ibn Abdurrahman: «Qaysi biringiz namozda shu ahvolga tushsangiz
tashahhudga o‘tirgandan keyin yana ikki marta sajda qilingiz! » - deganlar. Bu so‘zni ul 
kishi Abu Hurayradan eshitibdirlar. 
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Odamlar: «Abu Hurayra Rasululloh 
hususlarida juda ko‘p hadis rivoyat qilg‘aydir!» - deyishadi. Men bir kishini uchratib
unga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kecha tunda qaysi surani o‘qidilar?» - 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
241
dedim. «Bilmasman»,- dedi. «Unda, namozda bo‘lmabsan-da?!» - dedim. 
«Nega, qatnashganman»,- dedi boyagi kishi. «Falon va falon suralarni o‘qiganlarini men 
bilaman-ku!» - dedim (demak, Abu Hurayra raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi 
va sallamning sunnatlarini yodlab qolmoq uchun butun vujudlari birlan quloq 
solganlar)». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling