Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Namozda tupurish va uf tortish haqida


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet289/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

12-bob. Namozda tupurish va uf tortish haqida 
Abdulloh ibn Amr: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quyosh tutilganda namoz 
o‘qiyotib uf tortdilar», - deydilar. 
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
masjidning qiblaga qaragan deyuridagi tupukni ko‘rib, masjid ahlidan xafa 
bo‘lganlaridan: «Namoz o‘qiyotganingizda Olloh taolo har biringizning ro‘parangizda 
bo‘lg‘aydir, shuning uchun qiblaga qarab tupura ko‘rmangiz! » - dedilar-da, muborak 
qo‘llariga bir tosh olib devordagi tupikni qirib tashladilar». 
«Qaysi biringiz tupurmoqchi bo‘lsangiz, chap yoningizga tupuringiz!»- deydilar Ibn 
Umar. 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
239
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Namoz 
o‘qiyotgan har bir mo‘min o‘z rabbi birlan suhbatlashg‘aydir. Shuning uchun old 
tomoniga va o‘ng yoniga tupurmasin, chap yoniga yokim oyog‘ining ostiga tupursin!» - 
dedilar». 
13-bob. Erkak kishi, mumkin emasligini bilmasdan imomni biror narsadan 
ogohlantirmoq uchun kaftini kaftiga urib ovoz qilsa, namozi buzilmaydir 
Yuqorida Sahl ibn Sa’dning shunga doir hadisi keltirib o‘tilgan. 
14-bob. Agar namozxonga «oldinga o‘tg‘il yokim kutib turg‘il!» deyilsa, kutib 
turgani ma’qul 
Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga 
namoz o‘qiyotgan odamlar izorlarini kichikligidan bo‘yinlariga tang‘ib olishar erdi. 
Shunda xotinlarga: «Erkaklar batamom o‘tirib olgunlaricha boshlaringizni sajdadan 
ko‘garmangiz!»-deb buyurishar erdi (chunkim erkaklar sajda qilganda avratlari ko‘rinib 
qolardi)». 
15-bob. Namozda salomga alik olinmaydir 
Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga namoz 
o‘qiyotganlarida ham salom berar zrdim. Menga alik olar erdilar. Lekin, bir kuni 
Habashistondan qaytib kelganimizda Janob Rasulullohga namoz o‘qiyotganlarida salom 
bersam, alik olmadilar. Namozdan keyin: «Namoz o‘qiyotib boshqa narsalarga 
chalg‘imaslik kerak»,- dedilar». 
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meni 
o‘zlarining bir hojatlarini bajarib kelmakka yubordilar. Men topshiriqni bajargach, qaytib 
kelib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga salom berdim. Rasululloh sallallohu alayhi 
va sallam salomimga alik olmadilar. Birgina Ollohga ayon, o‘shanda ancha ko‘nglim 
ranjidi. O’zimga-o‘zim: «Ehtimol, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechikib 
qolganim uchun mendan xafa bo‘lib yurgandirlar?» - dedim. Rasululloh sallallohu alayhi 
va sallamga qayta salom bersam, yana alik olmadilar, dilim avvalgidan ham ko‘proq 
ranjidi, keyin yana salom berdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bu gal 
salomimga alik olib: «Salomingga alik olmog‘imga namoz mone’lik qildi, men namoz 
o‘qiyotgan erdim»,-dedilar. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ulov ustida 
qibladan boshqa yoqqa qaragan holda namoz o‘qiyotgan erdilar». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling