Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Namozda qanday harakatlar qilmoq joiz bo‘ladir?


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet288/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

10-bob. Namozda qanday harakatlar qilmoq joiz bo‘ladir? 
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz 
o‘qiyotganlarida qibla tomonlarida oyog‘imni uzatib yotgan bo‘lardim. Sajda 
qilayotganlarida oyog‘imni yig‘ishtirib olardim, sajdadan bosh ko‘targanlarida ersa, yana 
uzatib yuborar edim (qorong‘uda)». 
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
238
namoz o‘qib bo‘lib, bunday dedilar: «Namoz o‘qiyotganimda shayton paydo bo‘lib, 
namozimni buzmoq niyatida menga hamla qildi. Olloh taolo madadi birlan uni daf 
qilmakka muyassar bo‘ldim. Ertalab sizlar ko‘ringiz, deb uni tutib masjidning ustuniga 
bog‘lab qo‘ymoqchi bo‘lganimda, Sulaymon alayhissalomning «Ilohi, meni shundoq bir 
narsaga ega qilgilkim, toki mendan keyin unga hech kim muyassar bo‘lolmasin!»- degan 
gaplari yodimga tushdi. Shunda Olloh taolo shaytonning umidini puchga chiqarib quvib 
yubordi». 
11-bob. Namoz o‘qiyotgan odamning uloni bo‘shab (echilib) ketsa... 
Qatoda raziyallohu anhu: «Namozxon kiyimini o‘g‘ri olib qochsa, namozni qo‘yib, o‘g‘rini 
quvlag‘aydir»,- deydilar. 
Al-Azraq ibn Qays rivoyat qiladirlar: «Ahvoz degan yerda xavorijlar birlan urushayotgan 
erdik. Men daryo bo‘yida turgan erdim, Bir vaqt, bir kishining oti yuganini ushlab turgan 
holda namoz o‘qiyotganiki ko‘rib qoldim. Oti kuchlilik qilib uni joynamozdan nariga 
sudrab keta boshladi». Mazkur rivoyatni Shu’ba raziyallohu anhu bunday deb davom 
ettiradilar: «O’sha namozxon Abu Barza. al-Aslamiy bo‘lib, uni xavorijlardan bir kishi: 
«Ilohi, bu cholni baloga giriftor qilg‘il!» - deb duoibad qildi. Abu Barza namozini 
tugatgach: «Men sizlarning gapingizni eshitdim. Men Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam bmrlan birga olti (yokim yetti, yokim sakkiz) yil g‘azot qildim, ummatlariga 
namoz xususida bir qancha yengillik berganlarini ko‘rdim. Otim sudrab ketayotgan bo‘lsa 
ham, namoz o‘qiganim afzal, chunkim uni o‘z holiga qo‘yib yuborsam, o‘tlab uzoqlarga 
ketib qolg‘aydir»,- dedi».
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Quyosh tutildi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
o‘rinlaridan turib uzun sura o‘qidilar, so‘ng ruku’ qildilar, ruku’da uzoq turdilar, keyin 
ruku’dan bosh ko‘tarib, boshqa bir surani o‘qiy boshladilar. So‘ng ruku’ qilib, sajda 
qildilar-da, birinchi rak’atni yakunladilar. Ikkinchi rak’atni ham shu tariqa o‘qidilar. 
Keyin, bizga qarab: «Quyosh birlan Oy Olloh taolo qudratining ikki dalilidir. Ularning 
tutilganini ko‘rsangiz, tutilib bo‘lguncha namoz o‘qingiz! Mana shu yerda turib menga 
va’da qilingan hamma narsani ko‘rdim. Qo‘limni uzatib oldinga intilayotganimni ko‘rgan 
vaqtlaringizda men jannatdan bir meva uzib olmoqchi bo‘lgan zrdim, orqamga (cho‘chib) 
tisarilganimda ersa, ja~ hannam o‘tining gurillab yonayotganini ko‘rgan erdim. 
Jahannamda Amr ibn Luhoni ko‘rdim, ul (hayotligida uy) hayvonlarini o‘z holiga tashlab 
qo‘ygan odam erdi»,- dedilar». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling