Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Bolasi o‘lgan odamning Ollohning irodasiga rozi bo‘lib, sabr-toqat


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet299/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

6-bob. Bolasi o‘lgan odamning Ollohning irodasiga rozi bo‘lib, sabr-toqat 
qilmog‘ining afzallig‘i 
Olloh taolo azza va jalla: «Sabr qilganlarga (Ollohning rahmati haqida) xushxabar 
aytingiz!» - deydir. 
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Odamlar orasida uchta bolasi o‘lgan musulmon bo‘lsa, Olloh taolo uni o‘sha bolalariga 
nisbatan qiladirgan rahmati tufayli jannatga kirgizgaydir» ,— dedilar». 
Abu Sa’id roziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir to‘da ayollar Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallamga: Muayyan bir kunni belgilab, bizga va’z qilsangiz»,- deyishdi. 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
248
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kunni belgilab, xotinlarga va’z aytdilar: «Qaysi 
bir xotinning uch bolasi o‘lsa, o‘shal bolalari uni parda bo‘lib do‘zax o‘tidan to‘sib 
turishg‘aydir»,-dedilar. Bir xotin: «Ikkita bolasi o‘lgan bo‘lsa-chi?» - deb so‘radi, 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ikkita bo‘lsa, ham»,-dedilar. Abu Hurayra 
raziyallohu anhu: «Agar norasida bolalari o‘lgan bo‘lsa, deganlar»,- deydilar». 
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Ilohi, birorta musulmonning uchta bolasi o‘lmasin! Mobodo, uchta bolasi o‘lgan 
musulmon do‘zaxga tushsa ham birrov kirib chiqg‘aydir, xolos (Olloh taoloning: 
«Orangizda do‘zaxga kirmaydiganingiz bo‘lmag‘aydir» degan so‘ziga binoan)»,- dedilar». 
7-bob. Qabr ustida yig‘lab o‘tirgan ayolga «Sabr qilingiz!» degan kishi haqida 
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
qabr ustida yig‘lab o‘tirgan bir ayolning yonidan o‘tayotib: «Ollohdan qo‘rqingiz (dod-voy 
qilmangiz), sabr qilingiz!»-dedilar». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling