Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Namozda ishora qilmoq haqida


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet295/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

27-bob. Namozda ishora qilmoq haqida 
Sahl raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni Baniy 
Amr qabilastada bo‘lgan jaijaldan xabardor qilishdi. Shunda Janob Rasululloh ularni 
kelishtirib qo‘ymak uchun chiqib, bir oz ushlanib qoldilar. Namoz vaqti bo‘ldi. Bilol 
raziyallohu anhu Abu Bakr raziyallohu anhuga: «Ey Abu Bakr, Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam ushlanib qoldilar, namoz vaqti bo‘ldi. Odamlarga imomlik 
qilmaydirsizmi?» - dedilar. Abu Bakr «Mayli, agar istasangiz»,- dedilar. Kyoyin, Bilol 
azon aytdilar, Abu Bakr ersa takbiri tahrima aytib, imomlik qildilar. Shu payt Rasululloh 
sallalloxu alayhi va sallam saflarni oralab o‘tib, birinchi safga kelib turdilar. Odamlar ul 
kishining kelganlarini bildirmoq maqsadida chapak chala boshlashdi. Lekin, Abu Bakr 
z’tibor qilmadilar. Odamlar qattiqroq chapak chaldilar. Shundagina Abu Bakr atrofga 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
244
alanglab Rasulullohning kelganlarink ko‘rdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu 
Bakrga ishora qilib, namozni davom ettirmakni buyurdilar. Abu Bakr qo‘llarini tepaga 
ko‘tarib, Ollohga hamd aytdilar-da, orqalariga tisarilib birinchi safga kelib turdilar. 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oldinga o‘tib imrmlykni davom etirdilar. Namoz 
tugagach: «Ey odamlar, sizlarga ne bo‘ldi, namoz vaqtida bir narsa bo‘lgandek chapak 
chaldingiz? Qarsak chalmoq ayollarga hos qiliqdir. Kimda-kim namozda biror narsa 
bo‘lganini sezg‘aydir, «Subhonalloh» desin! «Subho-nalloh» deganda ko‘pchilikning 
diqqatini tortmag‘aydir, imomning o‘zigina sezib, qarag‘aydir. «Ey Abu Bakr, imomlikni 
davom ettiraveringiz! » deb ishora qilganimda nega quloq solmadingiz?»-dedilar. 
Shunda Abu Bakr: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilariga o‘tib namoz 
o‘qimakni Abu Bakr o‘ziga ep ko‘rmag‘aydir», - dedilar». 
Asmo binti Abu Bakr rivoyat qiladirlar: «Men Oisha raziyallohu anho huzurlariga kirsam, 
ular ham, odamlar ham qiyomda turib namoz o‘qishayotgan erkan. Men: «Odamlarga ne 
bo‘ldi?» - dedim, Ular boshlarini irg‘ab osmonga ishora qildilar. Men: «Nima, bu oxirat 
alomatkmi?» - de; dim. Ular «ha»degan ma’noda yana bosh irg‘ab ko‘ydilar». 
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam betob bo‘lib 
qolganlarida uyda o‘tirgan hollarida namoz o‘qiyotgan erdilar, odamlar ul kishiga iqtido 
qilib tik turib namoz o‘qishayotgan erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llari 
birlan ularga «O’tirib o‘qingiz!» deb ishora qildilar. Namoz tugagach, odamlarga qarab: 
«Imom iqtido qilmoqlari uchun imom qilingandir. Ul ruku’ qilg‘aydir, ruku’ qilingiz, 
ruku’dan bosh ko‘targ‘aydir, bosh ko‘taringiz!» -dedilar». 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling