Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Olloh taoloning «O’zlari uchun savobli bo‘lgan marosimlarda ishtirok


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet370/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   366   367   368   369   370   371   372   373   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

2-bob. Olloh taoloning «O’zlari uchun savobli bo‘lgan marosimlarda ishtirok 
etmoq uchun terisi so‘ngaklariga yopishgan tuyalarni minib, har tarafdan 
oshiqib oldingizga kelg‘aydirlar» degan oyati kariymasi xususida 
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Zulhulayfada' Rasululloh sallallohu alayhi 
va sallamning tuyalariga minayotganlarini ko‘rdim. Tuyaga minib olgach, talbiya 
aytdilar, tuya ersa, tik turgancha qimirlamay turdi». 
Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam Zulhulayfadan (boshlab), tuyalari ul kishini ko‘tarib qimirlamay tik turgan 
paytdan boshlab tahlil aytar erdilar». Anas va Ibn Abbos ham xuddi shu hadisni rivoyat 
qilishgan. 
3-bob. Egarda o‘tirib haj qilmoq to‘g‘risida 
Qosim ibn Muhammad rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Oisha 
raziyallohu anhoni ukalari Abdurrahmon birlan birga hajga exrom bog‘lagani yubordilar. 
Ukalari Oisha onamizni egarga mingashtirib olib, Tan’imdan boshlab umra (kichik haj) 
qildirdilar», Umar raziyallohu anhu: «Hajda egar qorinbog‘larini qattiqroq tortingiz
chunki haj ikki jihoddan biridir!» -deganlar. 
Sumoma ibn Abdulloh ibn Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Anas egardan 
tushmay haj qildi, u xasis ermas erdi (ya’ni, tuyasini ko‘zi qiymaganligidan shunday 
qilgani yo‘q, balki unga yegulik va boshqa kerakli anjomlarini ortib olgandi). 
Anas: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ham yegulik. va boshqa narsalarini tuyalariga 
ortib olib, egardan tushmay haj qilganlar»,- degandi». 
Qosim ibn Muhammad rivoyat qiladirlar: «Oisha onamiz raziyallohu anho: «Yo 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
306
Rasululloh, sizlar umra (kichik haj) qildingiz, men umra qila olmadim»,-dedilar. Janob 
Rasululloh: «Yo Abdurrahmon, opangni olib borib, Tan’imdan boshlab umra qildirg‘il!» - 
dedilar. Abdurrahmon Oisha onamizni tuyaga mingashtirib olib bordilar. Oisha onamiz 
umra qildilar». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   366   367   368   369   370   371   372   373   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling