Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Xolis niyat birlan haj qilmoqning fazilati


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet371/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   367   368   369   370   371   372   373   374   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

4-bob. Xolis niyat birlan haj qilmoqning fazilati 
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan: 
«Islom amallaridan qay birisi afzal?» -deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Olloh va uning 
Rasuliga iymon keltirmoq»,- dedilar. «Yana qaysinisi? - deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: 
«Xolis nyyat birla haj qilmoq»,-deb javob berdilar». 
Oisha binti Talha rivoyat qiladirlar: «Oisha onamiz: «Yo Rasululloh, jihod islom 
amallaridan eng afzali, deb bilg‘aymiz, jihod qilmag‘aymizmi?» - dedilar. Janob 
Rasululloh: «Lekin, eng afzal jihod - xolis niyat birla haj qilmoqdir!»-deb javob qildilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kim 
yomon so‘zlamay va yomonliq qilmay Olloh taolo yo‘lida haj qilsa, onasidan bugun 
tug‘ilgandek gunohlaridan pok bo‘lib qaytg‘aydir»,- deb aytganlar». 
5-bob. Haj va umra miyqotlarining farz qilinmog‘i haqida 
Zuhayr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Zayd ibn Jubayr Abdulloh ibn Umar 
raziyallohu anhuning uylariga bordilar. Abdulloh ibn Umarning hovlisida chodir 
o‘rnatilgan bo‘lib, hovli sahnining tepasiga ham ip mato tortilgan erdi. «Qaerdan umra 
qilmoqni boshlarmen? - deb so‘radi Zayd. Abdulloh ibn Umar: «Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam Najd ahliga Qarn degan yerdan, Madina ahliga Zulhulayfadan, Shom 
ahliga ersa, Juhfadan boshlamoqni farz qilganlar»,-dedilar». 
6-bob. 
Olloh taolo: «O’zingiz birlan yegulik olib ketingiz, yegulikning afzali ersa, taqvodir!» - 
deydi. 
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Yaman ahli haj qilganda yo‘lga yegulik 
olmas erdi, «Biz tavakkalchilarmiz»,- deyishardi. Makkaga kelgandan keyin ersa, 
odamlardan ovqat so‘rab, tilamchilik qilishg‘ay erdi. Shu boisdan Olloh taolo mazkur 
oyatni nozil qildi». 
7-bob. Makka ahlining haj va umra uchun belgilangan tahlilgohi 
Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Madina ahliga 
Zulhulayfani, Shom ahliga Juhfani, Najd ahliga Qarn al-Manozilni, Yaman ahliga ersa, 
Yalamlamni miyqot qilib belgilab berdilar. O’sha joylar ularga ham, boshqa tomonlardan 
haj va umra qilmoqni ixtiyor aylab kelganlarga ham miyqotdir. Kimki mazkur 
belgilangan yerlarga yaqin tursa, o‘sha turgan joyi miyqotdir, hatto Makka ahli ham 
Makkada ehrom bog‘lag‘aydir». 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   367   368   369   370   371   372   373   374   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling