Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Ka’bani tavof etib, Arafotga chiqib kelgandan keyin, qayta Ka’baga


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet394/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   390   391   392   393   394   395   396   397   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

70-bob. Ka’bani tavof etib, Arafotga chiqib kelgandan keyin, qayta Ka’baga 
yaqin bormagan va uni tavof qilmagan kishi xususida 
Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelib, 
Ka’bani tavof ayladilar, so‘ng Safo va Marva orasida sa’y qildilar. Keyin, Arafotga chiqib 
keldilar-da, Ka’bani bir marta tavof etganlaricha, qaytib tavof qilmadilar». 
71-bob. Tavofning ikki rak’at namozini masjid tashqarisida o‘qigan kishi; Umar 
raziyallohu anhu Masjid ul-Harom tashqarisida namoz o‘qidilar 
Ummu Salama raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga tobim 
yo‘qligidan nolidim»,- deydilar (Bu hadis takryuran rivoyat qilinadir, shu sababli to‘liq 
keltirilmagan). 
Urva raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkada 
ekanliklarida, Ka’bani tavof etmoqqa chiqmoqchi bo‘lib turganlarida, hanuz Ka’bani tavof 
aylamagan Ummu Salama ham birga chiqmoqchi bo‘ldi. Shunda, Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam: «Bomdodni o‘qigan bo‘lsang, tuyangga minib, odamlar namoz o‘qib 
turgan paytda Ka’bani tavof aylab olg‘il!» -dedilar. Ummu Salama shunday qildi». 
72-bob. Ibrohim Maqomi ortida ikki rak’at namoz o‘qigan kishi 
Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makkaga keldilar-da, 
Ka’bani yetti martaba tavof qilib, Ibrohim Maqomi orqasida ikki rak’at namoz o‘qidilar, 
so‘ng Safoga chiqdilar. Olloh taolo: «Rasulullohda sizlar uchun yaxshi ibratlar 
mavjuddir»,- degan». 
 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
326
73-bob. Bomdod va asrdan keyin tavof qilmoq 
Ibn Umar raziyallohu anhu tavofning ikki rak’at namozini Quyosh chiqqungacha 
o‘qirdilar. Umar raziyallohu anhu bomdoddan so‘ng Ka’bani tavof qildilar, keyin 
tuyalariga minib, Zu Tuvanga bordilar-da, ikki rak’at tavof namozi o‘qidilar. 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qilidirlar: «Bomdod namozidan so‘ng, odamlar Ka’bani 
tavof qilishdi, keyin va’z tinglashdi. Va’zdan so‘ng ersa, Quyosh chiqqanligiga qaramay, 
namoz o‘qishdi. Ular namoz o‘qimoq makruh qilingan vaqt bo‘lishiga qaramay namoz 
o‘qidilar». 
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Quyosh 
chiqish va botish vaqtlarida namoz o‘qimoqni man’ qilganlarini eshitganman»,- deydilar. 
Abdulaziz ibn Rufay’: «Men Abdulloh ibn Zubayr raziyallohu anhuning bomdoddan keyin 
Ka’bani tavof qilib, ikki rak’at tavof namozi o‘qiganlarini ko‘rdim» ,— deydilar. 
Oisha onamiz: «Men Abdulloh ibn Zubayrning asrdan keyin ikki rak’at namoz o‘qiganini 
ko‘rdim. Nabiy sallallohu alayhi va sallam ham Ka’baga kirsalar, albatta ikki rak’at tavof 
namozi o‘qir erdilar» ,— deydilar. 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   390   391   392   393   394   395   396   397   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling